193
joizki, ma’lumotlar to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish ularning fayl
tizimida saqlanish yo‘llariga hech qanday bog‘liq emas.
Bayt (oqim)ni strukturalashmagan ketma-ketlikda taqdim
etadigan faylni o‘z ichiga olgan fayl modeli Unix OT bilan birga keng
tarqalgan, bugungi kunda esa Windows OT larining barcha
versiyalarida keng foydalanilmoqda. Faylni strukturalashtirilmagan
modeli bir nechta ilovalar o‘rtasida faylni taqsimlashni oson tashkil
etishga imkon beradi: turli xil ilovalar o‘zining tuzilishiga ega bo‘lishi
va fayl ichidagi ma’lumotlarni sharhlashi mumkin.
Fayl tizimi yetarli miqdorda istalgan yozuvni ajratish maqsadida
fayl tuzilishi to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi kerak. FT yozuvga
kirish huquqini ilovaga taqdim etadi, so‘ng bu yozuvning ichidagi
ma’lumotlarni qayta ishlashni ilova bajaradi. Bu yo‘lni rivojlantirish
natijasida faqat murakkab strukturalarni qo‘llab-quvvatlash emas,
balki ular bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar omborini boshqarish
tizimi (MOBT) bo‘ladi.
Mantiqiy yozuv dasturchi tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlar
almashish operatsiyasini bajarishi mumkin bo‘lgan kam miqdordagi
ma’lumotlar elementi bo‘ladi. Xatto agar qurilma bilan ma’lumotlarni
fizik almashish katta o‘lchov birligida amalga oshirilsa, operatsion tizim
dasturchini alohida mantiqiy yozuvga kirishini ta’minlashi kerak bo‘ladi.
Fayl tizimi mantiqiy yozuvga kirishni ikkita usulidan
foydalanishi mumkin: o‘qish yoki mantiqiy yozuvlar ketma – ketligini
(kirish ketma-ketligi) yozish yoki ko‘rsatilgan raqam bilan yozuvga
faylni joylashishi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish).
Shak shubhasiz OT faylda ma’lumotlarni strukturalashning
barcha yo‘llarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin emas, shu sababli OT,
faylni mantiqiy tashkil etish sxemasida keng tarqalgan uncha katta
bo‘lmagan sonlar uchun joriy qilishni qo‘llab-quvvatlovchi faylni
mantiqiy strukturalashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Dostları ilə paylaş: