U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   253
os

Fayl turlari 


190 
Fayl tizimi turli xil fayllarni qo‘llab-quvvatlaydi va ular 
quyidagilar bo‘lishi mumkin: 

Odatiy fayl; 

Fayllar – katalogi; 

Maxsus fayllar; 

Nomlangankanallar (yoki konveyerlar); 

Xotirada akslanadigan fayllar.
Odatiy fayllar
(yoki oddiy fayllar)– o‘z ichiga foydalanuvchi 
yoki foydalanuvchi dasturi va tizimda ishlashi natijasida shakllangan 
ixtiyoriy xarakterli axborotlarni oladi. Ko‘plab zamonaviy operatsion 
tizimlar (masalan, Unix, Windows) odatiy fayl tuzilishini cheklamaydi 
va nazorat qilmaydi. Odatiy fayllar u bilan birga ishlaydigan ilovalarni 
aniqlab oladi. Masalan, matn tahrirlagichi biron bir kod bilan taqdim 
etiladigan belgi qatorlaridan iborat mantli faylni yaratadi. Bu hujjat, 
dastur boshlang‘ich matni yoki boshqalar bo‘lishi mumkin. Matnli 
faylni ekranda o‘qish va printerda chop etish mumkin. Ikkilik fayllari 
belgi kodlaridan foydalanmaydi, ular ko‘pincha murakkab strukturaga 
ega bo‘ladi, masalan dastur kodini bajarilishi yoki arxiv fayllari. 
Barcha operatsion tizimlar hech bo‘lmaganda bitta fayl turini aniqlay 
olishi kerak. Ko‘p foydalanuvchilik tizimli fayl tizimida yana bir 
masala – bir foydalanuvchi fayliga boshqa bir foydalanuvchini ruhsat 
etilmagan kirishidan himoyalash qo‘shiladi. Fayl tizimi funksiyasi 
yana bir murakkab ta’rafi operatsion tizim tarmoq tarkibida ishlashi.
Kataloglar
– fayllar to‘plami, biron bir noformal ko‘rinishi 
bo‘yicha foydalanuvchi guruhlari to‘g‘risida axborot ma’lumotnoma 
tizimini o‘z ichiga oladi. Kataloglar fayl tizimini qo‘llab-
quvvatlaydigan tizim fayllari. Ko‘plab OT lar katalogida istalgan 
turdagi fayllarni kiritish mumkin. Boshqa kataloglarda esa, izlash 
uchun qulay bo‘lgan daraxtsimon strukturani shakllantirish hisobiga 
bo‘ladi. Kataloglar fayl nomlari va fayllarni boshqarish uchun 
foydalanadigan xususiyatlar o‘rtasidagi yozishmalarni o‘rnatadilar. 
Ushbu xususiyatlar fayl turini, faylga ruxsatni, uni diskka 
joylashtirishni, hajmini, yaratilish sanasi va vaqtini va boshqalarni o‘z 
ichiga oladi. Katalog bilan qolgan barcha munosabatlar oddiy 
fayllardagi kabi fayl tizimida ko‘rib chiqiladi.
Maxsus fayllar
– tashqi qurilmalar (terminallar, printerlar va 
boshqalar) 
va 
faylga 
kirish 
mexanizmi 
soddalashtirishda 
foydalaniladigan kiritish/chiqarish qurilmalari bilan bog‘langan 


191 
fayllar. Maxsus fayllar faylni o‘qish yoki yozish buyruqlari orqali 
kiritish/chiqarish operatsiyalarini bajarishda foydalanuvchiga yordam 
beradi. Blokli maxsus fayllar disklarni modellashtirish uchun 
ishlatiladi.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin