221
javob uchun marshrutlash ma’lumotlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z
ichiga oladi.
Transport pog‘onasi
- quyi darajadagi
tarmoqqa kirish va
mijozlar o‘rtasida xabarlarni uzatish, shu jumladan xabarlarni
paketlarga
ajratish, paketlar tartibini kuzatish, boshqaruv oqimlari va
fizik manzillarning generatsiyasi uchun javobgardir.
Seans pog‘onasi
- jarayonlar o‘rtasida sessiyalar (aloqani
o‘rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi)
yoki aloqa protokollarini
amalga oshiradi. Amalda, kam sonli dasturlar seans pog‘onasidan
foydalanadi va kamdan-kam hollarda alohida protokollar sifatida
amalga oshiriladi. Ushbu qatlamning funksiyalari ko‘pincha dastur
pog‘onasining funksiyalari bilan birlashtirilib, bitta protokolda amalga
oshiriladi.
6.5- rasm. OSI modeli
Fizik
Amaliy
Seans
Tarmoq
Taqdimot
Transport
Kanal
7
7
6
6
5
5
4
4
3
3
2
1
2
1
Uzatuvchi
qurilma
Amaliy dasturiy
ta’minot
Qabul qiluvchi
qurilma
Amaliy dasturiy
ta’minot
Paket
Ma’lumot
Sarlavha
Fizik aloqa
222
Taqdimot pog‘onasi
- uning nomidan ko‘rinib turibdiki, tarmoq
orqali uzatiladigan ma’lumotlarning tarkibini o‘zgartirmasdan taqdim
etilishini ta’minlaydi. Taqdimot pog‘onasi tufayli,
bitta tizimning
amaliy pog‘onasi tomonidan uzatiladigan ma’lumotlar, har doim
boshqa tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan tushuniladi (ya’ni
tarjimon vazifasini bajaradi). Shu yerda axborot shifrlanadi va
deshifrlanadi, va kerak bo‘lgan taqdirda
axborotni zichlashtiradi
(siqadi). Buning natijasida barcha amaliy xizmatlar uchun
ma’lumotlar almashish mahfiyligi darhol ta’minlanadi. Bunga misol
qilib, TCP/IP stekidagi amaliy pog‘ona
protokollari uchun maxfiy
xabar almashishni ta’minlaydigan SSL (Secure Socket Layer)
protokolini keltirishimiz mumkin.
Amaliy pog‘ona
- bu pog‘ona tarmoq foydalanuvchilariga
fayllar, printerlar yoki gipermatnli veb-sahifalar kabi umumiy
resurslarga kirish,
shuningdek, qo‘shma ishlarni tashkil qilish
imkonini beradigan turli xil protokollar to‘plami, masalan, elektron
pochta protokoli. Amaliy pog‘onada ishlaydigan ma’lumotlar
birligi
odatda xabar deb nomlanadi. Bu pog‘onada juda ko‘p turli xil
protokollar va tegishli amaliy dastur xizmatlari mavjud. Eng keng
tarqalgan tarmoq fayllarini xizmatlarining ba’zi bir turlari: TCP/IP
stekidagi
NFS va FTP, Microsoft Windowsdagi SMB, Nowell
Netware operatsion tizimidagi NCP.
Dostları ilə paylaş: