348
vaqtincha uzilish va ishga tushurish uchun foydalanadigan ma’lumot.
Yadro har bir jarayon tomonidan har bir onda foydalanadigan
resurslar va har bir jarayon tomonidan uni yaratilishdan boshlab to
hozirgi vaqtigacha foydalanilgan resurslarning umumiy hajmi
to‘g‘risida statik ma’lumotlar saqlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Fayllar
jadvali – bu tizim fayl tuzilmalariga ko‘rsatkichlar vektori.
Kiritish/chiqarish uchun tizimli chaqirishlar bajarilganida jarayonlar
fayllar jadvalidagi indekslar yordamida bu tuzilmalarga havola etadi.
Fayllar jadvalida ochiq fayllar ro‘yxati saqlanadigan bo‘lsa, fayl
tizimining konteksti yangi fayllarni ochish uchun so‘rovlar uchun
qo‘llaniladi. Bu yerda fayllarni izlash uchun joriy ildiz (root) katalog
va ishchi (default) kataloglarga havolalar saqlanadi. Signallarga ishlov
beruvchilar jadvali tegishli signallar paydo bo‘lganida chaqirilishi
mumkin bo‘lgan, jarayonning manzil maydonidagi kichik dasturlarni
belgilaydi. Jarayonning virtual xotirasi konteksti uning shaxsiy manzil
maydonining barcha tarkiblarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: