U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   253
os

Ordered
– bu rejimda fayl tizimida sodir bo‘lgan xizmat 
fayllarini o‘zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy tarzda ishlatiladi; 

Journal
– buzilish sodir bo‘lganda ma’lumotlarni minimal 
yo‘qotishga erishmoqchi bo‘lsangiz shu rejimdan foydalanishingiz 
mumkin. Bu rejimda xizmat fayllaridan tashqari foydalanuvchining 
ma’lumotlari ham jurnalga yozilishi mumkin. Shuning uchun bu rejim 
eng sekin ishlaydigan rejim hisoblanadi; 

Writeback
– eng tez va eng foydasiz bo‘lgan rejim 
hisoblanadi. 


358 
Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun o‘rnatish 
mumkin va u quyidagicha o‘rnatiladi: 
/etc/fstab 
fayli o‘zgartiriladi. 
/dev/sda5/ext3 defaults, data=journal 1 1 
Ext3 fayl tizimida disk bo‘limlarining maksimal qiymati 4 
Tbayt, lekin Linuks yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib 
belgilangan. Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bo‘lishi mumkin. 
Jurnallar bilan ishlash texnologiyasini o‘chirib qo‘yish ham mumkin. 
Ext4
– Linuksning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri 
hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linuks yadrosining 2.6.28 versiyasida 
paydo bo‘lgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bo‘lsak, Ext4 fayl 
tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Bu tizimda disk bo‘limining maksimal qiymati 1024Pbayt 
(1Ebayt), fayl xajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan. 
Linux Proc fayl tizimi. 
Proc fayl tizimi ma’lumotlarni 
saqlamaydi; buni o‘rniga ularning ichidagilari talab bo‘yicha, 
kiritish/chiqarishga foydalanuvchi so‘roviga muvofiq hisoblab 
chiqiladi. Proc tizimi katalog va uning ichida joylashgan fayllar 
tuzilmalarini amalga oshiradi; keyin u o‘zining ichidagi har bir 
katalog va fayl uchun yagona va saqlanadigan inode raqamini 
belgilaydi. U bu inode raqamini identifikatsiya uchun ishlatadi, ya’ni 
foydalanuvchi faylning aniq inode ga murojaat qilganda yoki 
katalogning aniq inode da izlashni bajarishga uringanda qanday amal 
zarurligini belgilaydi. Ma’lumotlar shu fayllarning birortasida 
o‘qilganida proc tizimi tegishli axborotni yig‘adi, uni matn shakliga 
aylantiradi va tegishli jarayonning o‘qish buferiga joylashtiradi.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin