57
o‘zgaradi va odatda 1 dan 1000 mikrosekundgacha oraliqda tebranadi.
O‘z ichiga
threads of execution
(oqimdan foydalanish) tushunchasini
olgan jarayon modelini kengaytirish yordami bilan zamonaviy
operatsion tizimlarga sarflanadigan xarajatlar kamaytirilmoqda.
Jarayon tushunchasi ularning resurslari bilan bog‘langan bajariladigan
buyruqlar to‘plami va joriy vaqtda uni bajarilish bilan tavsiflanadi.
Jarayon istalgan vaqt momentida registr, tizim va foydalanuvchi
qismidan tashkil topgan o‘zining kontekstini to‘liq tavsiflaydi.
Jarayonlar operatsion tizimlarda registrli va tizimli kontekstini o‘z
ichida ifodalagan PCB–ma’lumotlar tuzilishini belgilashni taqdim
etadi. Jarayonlar beshta asosiy ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: yangi
(tug‘ilish), tayyorlilik, bajarish, kutish, tugatish. Operatsion tizimda
holatdan jarayon holatiga o‘tish natijasida operatsiyalar bajariladi.
Operatsion tizim jarayonda quyidagi operatsiyalarni bajarishi
mumkin: jarayoni yaratish, jarayonni tugatish, ma’lum bir vaqtga
jarayonni to‘xtatish, jarayoni ishga tushirish, jarayoni bloklash,
bloklangan jarayoni qayta ochish, jarayon ustuvorligini o‘zgartirish.
PCBni o‘z tarkibiga olgan jarayonlar o‘rtasida o‘zgarish bo‘lmaydi.
Multidasturli operatsion tizimlar ishlashi turli xil jarayonlarni
bajaradigan operatsiyalarni o‘tkazish zanjiridan tuzilgan va jarayonni
saqlash, qayta tiklash protseduralari hamda kontekstni o‘zgartirishdan
iborat bo‘ladi. Kontekstni o‘zgartirish jarayoni amalga oshiradigan
foydali ishga aloqasi bo‘lmaydi va unga sarflangan vaqt protsessor
ishlashi foydali vaqtini qisqartiradi.
Dostları ilə paylaş: