Jarayonni bloklash. Jarayon biror bir hisoblash tizimlarida
paydo bo‘lishi kutilmayotganda va ishini davom ettirish mumkin
bo‘lmaganda bloklanib qo‘yiladi. Buning uchun belgilangan chaqiriq
tizimi yordami bilan operatsion tizimga murojaat qiladi. Operatsion
tizim
chaqiriq
tizimini
qayta
ishlaydi
(kiritish/chiqarish
operatsiyalarini nomlaydi, jarayonlar navbatiga jarayonni qo‘shadi,
qurilmada kutayotganlarni bo‘shatadi va boshqalar) va bajarish
holatidan kutish holatiga o‘tkazib uning PCB si kontekst jarayoni
kerakli qismiga yozib qo‘yadi.
Jarayonni qayta ochish . Istalgan biron bir operatsion tizimda
paydo bo‘lgan biror bir holatda aynan qanday hodisa yuz berganini
aniqlash zarur bo‘ladi. So‘ng operatsion tizim ushbu holat uchun
kutish holatida ayrim jarayonlar joylashganmi yoki yo‘qligini
tekshiradi va agar topilsa, hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni
bajarish uchun uni tayyorlilik holatiga o‘tkazadi.
Jarayonni yaratish Jarayonni yaratish – jarayonlardagi asosiy operatsiyalardan
biridir. Ona jarayoni farzand jarayonlarini yaratadi, bu esa o‘z
navbatida boshqa jarayonlarni keltirib chiqaradi va shu bilan jarayon
daraxtini shakllantiradi. Jarayonlarni yaratishda turli xil yondashuvlar
mavjud, ona va farzand jarayoni tomonidan resurslardan birgalikda
foydalanish (almashish), ularni parallel ravishda bajarish va manzillar
va xotiradan foydalanish.
Resurslarni taqsimlash Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:
Ona va farzand jarayoni barcha resurslarni almashadi
(bo‘lishadi);
Farzand jarayonlari ona jarayonlari resurslarining bir qismini
almashadi;
Ona va farzand jarayonlari umumiy resurslarga ega emas.
Bajarish Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:
62
Ona jarayoni va farzand jarayonlari birgalikda bajariladi;
Ona jarayoni farzand jarayonining tugashini kutmoqda.