U. T. Berdiev


§. Kommutatsiyani tekshirish va sozlash



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə134/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

28.3§. Kommutatsiyani tekshirish va sozlash
Kommutatsiya jarayoni juda murakkab hamda qo‘shimcha qutblar chulg‘ami o‘ramlar sonini va ulardagi havo oralig‘i o‘lchamlarini to‘g‘ri ulash ancha qiyin bo‘lgani uchun zavodda yangi tayyorlangan mashina kommutatsiyasini sozlash talab qilinadi. Kommutatsiyani sozlash qo‘shimcha qutblar magnit zanjirining qarshiligini yoki shu qutbdagi qo‘zg‘atish chulg‘amining magnitlovchi kuchini o‘zgartitirish bilan bajariladi.
Kommutatsiyani tajriba yo‘li bilan tahlil qilishda mashina qo‘shimcha qutblarining chulg‘ami yordamchi O‘T generatori (YoG) dan qo‘shimcha + I tok bilan ta’minlanadi. Bu masala quyidagicha amalga oshiriladi. Oldin mashina salt ishlatiladi (Ia=0), keyin qo‘shimcha qutb chulg‘amida (+I) tok kollektordan uchqun chiqquncha oshirib boriladi; bu tezlashtirilgan kommutatsiyaga mos bo‘ladi. So‘ngra sxemadagi qayta ulagich (QU) yordamida qo‘shimcha tokning yo‘nalishi o‘zgartiriladi va (–I) ning qiymati kollektordan uchqun chiqquncha oshiriladi; bu sekinlashgan kommutatsiyaga mos bo‘ladi.

Yuklamaning turli qiymatida shunday tajriba o‘tkazib ”qo‘shimcha tok bilan ta’minlash” egri chiziqlari, ya’ni +I = f (I) va –I = f (I) bog‘lanishga oid egri chiziqlari quriladi. Shu egri chiziqlar chegarasida, ya’ni I toklar oralig’ida kommutatsiya uchqunsiz bo‘ladi. Bu oraliq qancha katta bo‘lsa, mashinada kommutatsiya shuncha turg‘un bo‘ladi. Yuklama tokining ortishi bilan kommumutatsiyaning turg‘unligi kamayadi. Qo‘shimcha qutbning magnitlovchi kuchi va havo oralig‘i to‘g‘ri hisoblangan bo‘lsa +I = f (I) va –I = f (I) egri chiziqlari yuklama o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘ladi va N nuqtada kesishadi. Agar qo‘shimcha qutb (Qosh.Q)larning magnit oqimi (ФQosh.Q) kuchsiz bo‘lsa (sekinlashgan kommutatsiyaga mos) N nuqta yuklama o‘qidan yuqorida joylashadi, agar ФQosh.Q kuchli bo‘lsa (tezlashgan kommutatsiyaga mos) u pastda joylashadi. Ikkala holda ham mashinada kommutatsiya turg‘un bo‘lmaydi. Qo‘shimcha tok bilan ta’minlash egri chiziqlari yordamida kommutatsiya xarakterini aniqlab qo‘shimcha qutblar rostlanadi: sekinlashgan kommutatsiyada FQosh.Q oqim kuchaytiriladi, tezlashgan kommutatsiyada esa ФQosh.Q oqim kamaytiriladi. Agar magnit oqimini ancha ko‘paytirish talab qilinsa, unda qo‘shimcha qutb chulg‘amining o‘ramlar soni o‘zgartiriladi.


Kommutatsiya jarayonida yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘ladi. Ular esa radiopriyomnik va televizion qurilmalar ishiga xalaqit beradi. Shovqinni kamaytirish uchun yakorga kondensatorlarni parallel ulash yo‘li bilan yuqori chastotali kuchlanish va toklar filtrlanadi.
Nazorat savollari
1. Kollektorda uchqun chiqish sabablari nimalardan iborat?
2. Nima sababdan kommutatsiya sekinlashgan yoki tezlashgan bo‘ladi?
3. Šo‘shimcha qutblarning vazifasi nimalardan iborat?
4. Kommutatsiyani yaxshilash usullari nimalardan iborat?
* * *


Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin