U. T. Berdiev


Elektr mashinalarining turlari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə2/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Elektr mashinalarining turlari. Aylanuvchi qismli elektr mashinalari tokning turiga ko‘ra o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok mashinalariga bo‘linadi. O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash prinsipiga bog‘liq holda asinxron, sinxron va kollektorli mashinalarga bo‘linadi, 1-rasm.
Asinxron mashinalar. Tuzilishi, ishga tushirish va texnik xizmat ko‘rsatishning oddiyligi hamda yuksak ishonchliligi kabi afzalliklari tufayli turli xo‘jalik sohalarida asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi.
Sinxron mashinalar elektr stansiyalarida sanoat chastotali (f=50 Gs) o‘zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi generatorlar va mustaqil elektr energiya istemolchilari (samolyotlar, katta kemalar va boshq.) uchun yuqori chastotali generatorlar sifatida qo‘llaniladi.
O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari asosan elektr motorlari sifatida ishlatiladi. Ularning konstruksiyasi murakkab va cho‘tka–kollektor qurilmasining tez-tez profilaktik ko‘zdan kechirish (yoki ta’mirlash) zaruratining tug‘ilib turishi tufayli ulardan amalda kam foydalaniladi. Avtomatika qurilmalarida hamda maishiy xizmat va uy xo‘jaligi elektr uskunalarida universal, ya’ni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda ishlay oladigan kollektorli mashinalar qo‘llaniladi.
O‘zgarmas tok mashinalari ko‘pchilik hollarda elektr motorlari sifatida aylanish chastotasi keng ko‘lamda o‘zgartirilishi talab qilinadigan elektr yuritma qurilmalarida ishlatilib, avtomatik rostlash tizimlarida esa ijrochi motorlar va taxogeneratorlar sifatida keng foydalaniladi.

Transformator – o‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartiradigan (bu jarayonda chastota f= const) statik (aylanuvchi qismi bo‘lmagan) elektromagnit o‘zgartgichdir. Lekin transformatorning ishlash prinsipi ham elektr mashinalariniki singari elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanganligi va o‘zgaruvchan tok mashinalaridagi fizik jarayonlar ko‘p jihatdan transformatordagiga o‘xshaganligi uchun ushbu kursda transformatorlar nazariyasi asoslarini o‘rganish, o‘zgaruvchan tok mashinalari nazariyasining yanada chuqurroq tushunib olishga imkon beradi.


Elektr mashinalari quyidagicha klassifikasiyalanadi, ya’ni quvvatiga ko‘ra: 1) 500 W gacha – elektr mikromashinalari; 2) 0,5 P10 kW – kam quvvatli; 3) 10P 200 kW – o‘rta quvvatli; 4) quvvati P200 kW – katta quvvatli; aylanish chastotasiga ko‘ra: a) n = 300 ayl/min. gacha – kam tezlikli; b) n = 300  1500 ayl/min – o‘rta tezlikli; v) 1500  n  6000 ayl/min – katta tezlikli; g) n  6000 ayl/min – o‘ta katta tezlikli elektr mashinalari.
Elektr mashinalarida rotor va stator magnit maydonlarining o‘zaro qo‘zg‘almasligi hamda elektr mashinalarining generator va motor rejimlarida ishlash mumkinligi elektr mashinalari nazariyasining asosiy qoidalaridir.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin