U. T. Berdiev


§. Transformatorlarning turlari, ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, gabaritlari va nominal kattaliklari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə5/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

1.2§. Transformatorlarning turlari, ularga qo‘yiladigan asosiy talablar, gabaritlari va nominal kattaliklari
Transformatorlarning turlari. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra transformatorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) kuch transformatorlari; 2) maxsus transformatorlar.
Kuch transformatorlari o‘z navbatida: umumiy maqsadli va sohaviy turlarga bo‘linadi.
Elektr energiyani uzatish, qabul qilish hamda ishlatishga mo‘ljallangan elektr tarmoqlari va uskunalarida elektr energiyani o‘zgartirish (kuchlanishni oshirish yoki kamaytirish) vazifasini bajaradigan transformatorni kuch transformatori deyiladi. Bu toifaga: quvvati 6,3 kVA va undan katta bo‘lgan uch fazali transformatorlar hamda quvvati 5 kVA va undan katta bo‘lgan bir fazali transformatorlar kiradi.
Normal sharoitda ishlayotgan elektr tarmog‘iga ulash uchun, yoxud maxsus ish sharoiti, yuklamaning xarakteri yoki ish rejimi bilan farq qilmaydigan energiya iste’molchilarini bevosita ta’minlashga tayyorlangan transformatorlarni umumiy maqsadli kuch transformatorlari deyiladi. Transformatorlar fazalar soniga ko‘ra: bir, uch va ko‘p fazali (sohaviy); chulg‘amlar soniga ko‘ra – ikki, uch va ko‘p chulg‘amli turlarga bo‘linadi.
Agar transformatorning har fazasida uchta [yuqori kuchlanishli (YuK), o‘rta kuchlanishli (O‘K) va past kuchlanishli (PK)] elektr jihatdan ulanmagan chulg‘amlari bo‘lsa, bunday holda uch chulg‘amli transformator deyiladi. Agar transformatorda U1N < U2N bo‘lsa oshiruvchi, U1N > U2N bo‘lganida esa – pasaytiruvchi transformator deyiladi. Elektr energiyani transformatorning qaysi chulg‘amiga berilishiga qarab transformatorni oshiruvchi yoki pasaytiruvchi sifatida foydalanish mumkinligi uning qaytarlik xossasidir. Nominal quvvati va kuchlanishlariga bog‘liq ravishda kuch transformatorlari va avtot ransformatorlarining gabaritlarga ajratilishi 1.1-jadvalda ko‘rsatilgan. Kuch transformatorlariga qo‘yiladigan asosiy talablar. Elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarilayotgan kuch transformatorlari ishonchlilik, tejamlilik, chidamlilik va boshqa muhim jihatlari bilan jahon bozorida yuksak raqobatbardosh bo‘lishi zarur. 1.1-jadval. Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining gabaritlari

Gabarit raqamlari

Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining standartda belgilangan qatorga mos keluvchi quvvat va kuchlanishlari

Nominal quvvati (SN), kVA

Nominal kuchlanishi (UN), kV

I

SN < 100

UN  35

II

100  SN < 1000

UN  35

III

1000  SN< 6300

UN  35

IV

SN 6300

UN  35

V

SN< 32 000

UN  110

VI

32 000  SN < 80 000

UN  330

VII

80 000  SN < 200 000

UN  330

VIII

SN  200 000

UN  330

Shu sababli mazkur transformatorlarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: a) ishlab chiqarishda va ishlatishda tejamli bo‘lishi; b) ishlatishda ishonchliligi; c) isroflar standartda belgilangan me’yordan oshmasligi; d) parallel ulash shartlarini qanoatlantirishi; e) me’yordan ortiqcha qizib ketmasligi; f) kuchlanishni rostlashga imkon berishi; g) transformatorni ishlatish jarayonida ayrim sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan qisqa muddatli o‘ta kuchlanishlarga va kam muddatli qisqa tutashuvdagi ancha katta bo‘lgan toklar ta’siriga bardosh berishi zarur.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin