Chulg‘amlari YY ulangan uch fazali transformatorning salt ishlashi. Salt ishlash rejimida transformatorning birlamchi chulg‘amiga sinusoidal kuchlanish u1 U1msint berilganda vujudga keladigan magnit oqim va hosil bo‘ladigan EYuK E1 ham sinusoidal shaklda o‘zgaradi. Bu holda salt ishlash tokining tarkibida 1-garmonikadan tashqari yuqori garmonikalar (ulardan eng kattasi 3-garmonika) ham bo‘ladi.
Agar chulg‘amlar Y sxemasiga ulanganda salt ishlash tokining vaqt bo‘yicha o‘zgarish shaklida 3-garmonika bo‘lmasa magnit oqimi nosinusoidal bo‘lib, bu holda guruhlangan transformatorda va magnit tizimi umumiy bo‘lgan uch fazali transformatorda har xil ta’sir qiladi. Guruhlangan transformatorda magnit tizim har fazada mustaqil bo‘lganligidan magnit oqimning 3-garmonikasi F(3) xuddi shu oqimning 1-garmonikasi F(1) ga o‘xshab magnit o‘tkazgich orqali tutashadi va, shu sababli F(3) ning qiymati katta bo‘lib F(1) ning 1520 foiziga yetadi. Odatda transformatorlarda magnit tizimi to‘yingan bo‘ladi, bunda e(1) va e(3) EYuK lar qo‘shilib fazaviy EYuK ning oniy (e) qiymatini 4050 foizga, ta’sir etuvchi (E) qiymatini esa 108 foizga oshiradi. EYuK ning bunday oshishi ayrim hollarda xavfli hisoblanadi. Shu cababli guruhlangan transformatorlarda YY ulanish sxemasi ishlatilmaydi. Chulg‘amlari Y/Y ulangan transformator fazaviy EYuK ning shakli keskin o‘zgarsa ham liniyaviy EYuK da 3-garmonika bo‘lmay, sinusoidaga yaqin shaklda qoladi.
Transformator chulg‘amlari «uchburchak-yulduz» yoki «yulduz-uchburchak» sxemalariga ulanganda transformatorning salt ishlashi. «Yulduz» sxe masiga ulanganda salt ishlash toki tarkibida uning 3-garmonikasi I0r(3) bo‘l maydi (3.2,a-rasm) va salt ishlash tokining o‘zgarish shakli sinusoidaga yaqin bo‘ladi, natijada magnit oqimining vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakli nosinusoidal bo‘ladi. Shu tufayli magnit oqimning asosiy tashkil etuvchisi (1-gar-monikasi)dan tashqari uning yuqori garmonikalari ham bo‘ladi.
Magnit oqimning 3-garmonikasi F(3) transformatorning ikkilamchi chulg‘ami «uchburchak» sxemasi bo‘yicha ulangan holda, uning har bir fazasida F(3) dan 90C orqada qoladigan EYuK ning 3-garmonikasi E2(3) ni hosil qiladi. Bu EYuK ta’sirida shu chulg‘amda vujudga keladigan tokning 3-garmonikasi I2(3) EYuK E2(3) dan faza jihatdan deyarli 90Cga orqada qoladi va uchta fazada ham yo‘nalishi bir xil bo‘lganligidan berk zanjir bo‘yicha harakat qiladi (3.2,s-rasm). Bu tokning orqada qolishiga ikkilamchi chulg‘amning konturi katta induktiv qarshilikka egaligi sabab bo‘ladi. Tok I2(3) ning vektori magnit oqimi vektori F(3) ga deyarli qarama-qarshi yo‘nalganligi tufayli (3.2,d-rasm), I2(3) hosil qilgan magnit oqimi F(3) ning yo‘nalishi shu tok vektori bo‘yicha yo‘nalib, asosiy oqimning 3-garmonikasi F(3) ni muvozanatlaydi. Bu esa magnit o‘tkazgichdagi asosiy natijaviy oqim va fazaviy chulg‘amlardagi EYuK larning shaklini sinusoidaga yaqinlashtiradi. Shunday qilib, tranformator chulg‘amlaridan birortasi «uchburchak» sxemasi bo‘yicha ulanganda magnit oqimi va EYuK 3-garmonikalarining zararli ta’siridan saqlar ekan.