Nazorat savollari 1. Magnit o‘tkazgichning tuzilishi va ahamiyati nimadan iborat? 2. Magnit o‘tkazgichi umumiy bo‘lgan uch fazali transformatorning magnit tizimi qanday hosil qilingan? 3. Chulg‘amlarning qanday turlari mavjud? 4. Nima uchun vintsimon chulg‘amning simlari transpozitsiya qilinadi?
3-Bob. Transformatorning salt ishlash rejimidagi elektromagnit jarayonlar 3.1§. Elektromagnit induksiya hodisasi, transformatorning ishlash prinsipi va elektr yurituvchi kuchlari Elektromagnit induksiya hodisasi transformator nazariyasining asosini tashkil qiladi. Elektromagnit induksiya hodisasi ikki shaklda namoyon bo‘ladi:
1) Faradey ta’rifi. «Vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lgan magnit maydon kuch chiziqlarini biror tezlik bilan kesib o‘tayotgan o‘tkazgichda hosil bo‘lgan EYuK ning qiymati magnit induksiya B ga, o‘tkazgich uzunligi l ga va uning harakat tezligi v ga to‘g‘ri mutanosib bo‘ladi, ya’ni E Blv».
2) Maksvell ta’rifi. «Magnit oqimi bilan ilashgan berk o‘tkazgichdagi EYuK ning qiymati magnit oqimi o‘zgarish tezligining kattaligiga teng, ya’ni
e – dFdt».
[Izoh: Bundagi EYuK ning yo‘nalishi rus olimi Lyens kashf qilgan prinsip (qoida) bo‘yicha aniqlanadi, ya’ni berk o‘tkazgich bilan ilashadigan magnit oqim (dFdt) > 0 bo‘lganda berk o‘tkazgichda vujudga keladigan EYuK ning ishorasi «minus» bo‘lib, (dFdt) <0 bo‘lganda esa uning ishorasi «plyus» bo‘ladi].
3.1-rasmda oddiy bir fazali ikki chulg‘amli kuchlanishni pasaytiruvchi transformator magnit o‘tkazgich va uning o‘zaklariga joylashtirilgan o‘ramlar soni w1 bo‘lgan YuK (birlamchi) va o‘ramlar soni w2 bo‘lgan PK chulg‘amlarni tasvirlash o‘ng‘ay bo‘lishi uchun ular har xil o‘zakda joylashtirilgan holda ko‘rsatilgan. Real transformatorlarda magnit bog‘lanishni yaxshi ta’minlash uchun PK va YuK chulg‘amlar bitta o‘zakda joylashtiriladi.
I sh l a sh p r i n s i p i. Transformator faqat o‘zgaruvchan tok zanjirida ishlay oladi, o‘zgarmas tokda esa dFdt 0 bo‘lganligidan chulg‘amlarda EYuK vujudga kelmaydi. Ikkilamchi chulg‘ami yuklamaga ulanmagan transformatorning birlamchi chulg‘ami o‘zgaruvchan tok manbaiga ulansa, birlamchi chulg‘amdan salt ishlash toki I1 I0 o‘tadi. Uning reaktiv tashkil etuvchisi I0.r I0 shu chulg‘amda magnit yurituvchi kuch (MYuK) I0rw1 ni vujudga keltirib, u esa o‘z navbatida, asosiy (F) va tarqoq (Fσ1) qismlardan iborat deb qaraladigan o‘zgaruvchan magnit oqimni hosil qiladi (Fσ1 to‘la magnit oqimning taxminan 0,1 0,25 foizini tashkil qiladi).