§. Transformator va avtotransformator chulg‘amlarining ulanish usullari, chulg‘am uchlarining standart bo‘yicha yangicha belgilanishi va uni tajribada tekshirish
2.3§. Transformator va avtotransformator chulg‘amlarining ulanish usullari, chulg‘am uchlarining standart bo‘yicha yangicha belgilanishi va uni tajribada tekshirish Uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish usullari. Umumiy maqsadli uch fazali transformatorlarning chulg‘amlari asosan «yulduz» (Y) (2.6, a-rasm) va «uchburchak» () (2.6,b-rasm), ayrimlari esa «zigzag» (Z) (2.6,s-rasm) usulida ulanadi.
2.6-rasm. Uch fazali transformatorlar chulg‘amlarining ulanish usullari: a – yulduz–yulduz (Y/Y); b – yulduz–uchburchak (Y/); s – yulduz–zigzag (Y/Z)
Chulg‘amlar Y usulida ulanganda, liniya kuchlanishi U = Uf, liniya toki esa I = If bo‘ladi. Bu nisbatlar simmetrik rejim uchun to‘g‘ridir. Odatda, uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning YuK chulg‘ami ulanish usulining shartli belgisi kasr suratida, PK chulg‘aminiki esa kasr maxrajida ko‘rsatiladi (masalan, Y/Y, Y/, Y/Z). Uch fazali uch chulg‘amli transformatorlarda chulg‘amlarning sxemalari YuK / O’K / PK ketma-ketlikda, ya’ni Y/Y/ yoki Y// ko‘rinishda belgilanadi.
Zigzag usulida ulangan ikkilamchi chulg‘am ikkita teng qismga ajratilib, magnit o‘tkazgichning har xil sterjenlariga joylanadi va ular o‘zaro qarshi ulanadi. Bu holda fazaviy chulg‘am g‘altaklarining EYuK vektorlarini geo-metrik ayirish natijasida hosil bo‘ladigan fazaviy EYuK, shu fazani hosil qiluvchi har qaysi g‘altak EYuK dan marta katta bo‘ladi (2.7.b-rasm). Bu g‘altaklar mos ulanganida esa, fazaviy chulg‘am g‘altaklarining EYuK lari geometrik qo‘shilib natijaviy EYuK kam bo‘lishidan amalda g‘altaklarni teskari ulaydilar. Teskari ulangan g‘altaklardagi natijaviy EYuK normal fazaviy chulg‘amning EYuK (Ef = 2 Ef)ga nisbatan 2/ =1,15 marta kichik bo‘lishidan (Ef – bitta g‘altakning EYuK) chulg‘am «Z» sxemasiga ulanganda zaruriy EYuK Ef ni olish chun o‘rov simi 15 % ko‘p sarflanadi. Bu esa uning kamchiligidir. PK chulg‘ami «Z» sxemasiga ulangan transformator quyidagi ijobiy xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1) nosimmetrik yuklamada kuchlanishning vaqt bo‘yicha o‘zgarish shakli transformator salt ishlagandagi PK chulg‘am kuchlanish shakliga yaqin bo‘ladi, demak, fazaviy kuchlanishlar shakli deyarli o‘zgarmaydi; 2) teng yelkali zigzagda PK chulg‘amdan 1: :3 nisbatdagi uchta kuchla-nish olish mumkin. Masalan, fazaviy chulg‘amining yarmida (bitta yelkada) – Uf = 127 V, bitta fazaviy chulg‘amda – Uf = Uf + Uf =220 V (bunda Uf – PK chulg‘amning boshqa faza ta’siridagi ikkinchi yelka kuchlanishi) va fazalararo (liniyaviy) kuchlanish esa U = Uf = 380 V bo‘ladi.
PK chulg‘ami «Z» sxemasiga moslab tayyorlangan uch fazali kuch transfor-matorlari amaliyotda nosimmetrik yuklamaning ta’siri kuchli bo‘lgan sohalarda (masalan, to‘g‘rilagich qurilmalarida va boshq.) fazaviy kuchlanishlar shaklining deyarli o‘zgarmasligi katta samaradir.
Fazaviy chulg‘am uchlarining belgilanishi. Ilgarigi standart tavsiyasi bilan bir fazali ikki chulg‘amli transformatorda: YuK chulg‘amning bosh va oxirgi uchlari tegishlicha – «A» va «X», PK chulg‘amniki esa «a» va «x» lotin harflari bilan belgilangan; bir fazali uch chulg‘amli transformatorda esa o‘rta kuchlanishli (O‘K) chulg‘amning bosh va oxirgi uchlari tegishlicha – Am va Xm indeksli harflari bilan belgilangan.
Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorda: YuK faza chulg‘amlarining ning bosh va oxirgi uchlari tegishlicha – «A», «V», «S» va «X», «Y», «Z»; PK faza chulg‘amlarining bosh va oxirgi uchlari – «a», «v», «s» va «x», «y», «z» harflari bilan belgilangan.
Uch fazali uch chulg‘amli transformatorning O‘K faza chulg‘amlarining bosh uchlari – «Am», «Vm», «Sm» va oxirgi uchlari tegishlicha – «Xm», «Ym», «Zm» harflari bilan belgilangan. Agar «yulduz» ulanish sxemasida neytral nuqtadan ulagich chiqarilgan bo‘lsa, yuqori va past kuchlanishlarda «0», o‘rta kuchlanishda esa – «0m». Bunda chulg‘am ulanish sxemasining harflar orqali belgilanishiga «N» indeksi (YN) qo‘yilgan.
2.1-jadval. Transformator chulg‘amlari uchlarining belgilanishiga oid namunalar (GOST 11677–85 va unga kiritilgan № № 1, 2, 3, 4 o‘zgartirishlar asosida)
1.01.1987 y. Gacha ishlab chiqarilgan (Ilgarigi)
1.01.1987 y. dan keyin ishlab chi-qarilgan (Yangi)
Transformator chulg‘amlari uchlarining yangicha belgilanishi. GOST 11677–85 va unga kiritilgan №№ 1, 2, 3, 4 o‘zgartirishlar bo‘yicha transformator va avtotransformator chulg‘amlari uchlarining ilgarigi belgilanishi o‘rniga Xalqaro elektrotexnik komissiya talablarini qanoatlantiradigan yangicha belgilanish qabul qilingan. Bunga oid namunalar 2.1-jadvalda ilgarigi va yangi belgilanishlar solishtirilgan ko‘rinishda keltirilgan.