U. T. Berdiev


Transformatorning nominal kattaliklari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə6/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Transformatorning nominal kattaliklari. Transformatorlar standart talablariga mos holda texnik shartlar bo‘yicha tayyorlanadi va elektr energiyani o‘zgartirish bo‘yicha ma’lum vazifalarni bajarish uchun belgilanadi. Bu sharoitlardagi transformatorning ishi nominal kattaliklar bilan xarakterlanadi va ular elektr jihozlari kataloglarida hamda transformatorga mahkamlangan pasport taxtachada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
Transformatorning to‘la nominal quvvati, VA yoki kVA da ko‘rsatiladi: a) bir fazali ikki chulg‘amli uchun – S1N U1NI1N; b) uch fazali ikki chulg‘amli uchun – S1N U1NI1N=3U1NfI1Nf.
Transformatorlarda FIK juda ham katta bo‘lganligidan ikki chulg‘amli transformatorda birlamchi (S1N) va ikkilamchi (S2N) chulg‘am nominal quvvatlari taxminan bir xil bo‘ladi, ya’ni S1N  S2N.
Nominal kuchlanish deganda har bitta chulg‘amning liniya kuchlanishi tushuniladi. Ikkilamchi chulg‘amning nominal kuchlanishi uchun U2N U 2(0) qabul qilinadi. Transformatorning nominal toklari deganda quvvati S1 S2 SN va kuchlanishlari (U1N va U2N) bo‘yicha hisoblangan 1- va 2-chulg‘amlarning liniya qiymatlari tushuniladi. Bulardan tashqari: 1) nominal chastota fN; 2).fazalar soni m; 3) chulg‘amlarning ulanish sxemasi va guruhi; 4) qisqa tuta shuv kuchlanishi uqt.(%); 5) transformatorning tipi; 6) standart nomeri; 7) sovitish usuli va boshqa ayrim ma’lumotlar keltiriladi.
Nazorat savollari
1.Transformatorning ahamiyati nimadan iborat?
2. Transformatorlar qanday belgilariga binoan tasniflanadi?
3. Kuch transformatorlariga qanday asosiy talablar qo‘yiladi?


2-Bob. Transformatorlarning magnit tizimlari va chulg‘amlari
2.1§. Transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari va ularning konstruksiyasi
Magnit o‘tkazgich transformatorning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u chulg‘amlararo magnit bog‘lanishni kuchaytirishdan tashqari, chulg‘amlari va yordamchi qismlarini o‘rnatish hamda mahkamlash uchun konstruktiv asosdir. O‘zgaruvchan tokda (f = 50 Hz) uyurma toklar tufayli hosil bo‘ladigan energiya isroflarini kamaytirish maqsadida transformatorlarning magnit o‘tkazgichlari 0,35 va 0,30 mm qalinliklardagi sovuq holatda jo‘valangan anizotropli (magnit xossalari yaxshilangan, masalan, 34043406 markali) elektrotexnik po‘lat plastinalari maxsus lok va oksid pardalari bilan qoplan-gan holda izolyatsiya qilinib yig‘iladi. Bunday po‘latni qo‘llash magnit o‘tkazgichdagi induksiyani 1,61,65 T gacha oshirishga (issiq holatda jo‘valangan po‘latda esa magnit induksiyani 1,4-1,45 T dan oshirib bo‘lmas edi) imkon yaratib, transformatorning aktiv (magnit va elektr o‘tkazuvchi) materiallari massasini hamda energiya isroflarini keskin kamaytirishga imkon berdi. Magnit tizimning chulg‘am joylashtirilgan qismini «sterjen», ular-ni ulab, berk magnit zanjir hosil qiladigan qismini «yarmo» deyiladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin