3.3§. Salt ishlash tajribasi va xarakteristikalari
Birlamchi chulg‘ami sinusoidal kuchlanish [u1U(1)max∙sint]ga ulangan transformatorning ferromagnit o‘zagida magnit oqimi sinusoidal (F1 =F(1)max∙sint) o‘zgarca ham ferromagnit o‘zakning magnit to‘yinishi sababli uning magnitlanish xarakteristikasi egri chiziqli bo‘lgani tufayli magnitlovchi tok I0.r ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi I0.r f(ωt) sinusoidal bo‘lmaydi. Salt ishlash tajribasi ikkilamchi chulg‘amga yuklama ulanmagan (I2 0) holda 3.3,a-rasmda ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Transformatorning bitta chulg‘amiga rostlagich vositasida beriladigan kuchlanish U1 ni 0 dan U11,2U1N qiymatgacha oshirib kuchlanish U1, salt ishlash toki I0 va salt ishlash quvvati R0 o‘lchab olinadi va ularga asosan quvvat koeffitsienti cos0 hisoblanadi. Tajribadan olingan va hisoblangan ma’lumotlar asosida qurilgan I0 f (U1), R0 f (U1) va sos0 f (U1) bog‘lanishlarni salt ishlash xarakteristikalari deyiladi (3.3,b-rasm). Uch fazali transformatorda U1 va I0 larning qiymatlari har qaysi faza uchun alohida o‘lchab olinadi va ularning o‘rtacha qiymatlari bo‘yicha salt ishlash xarakteristikalari quriladi. O‘zaklari bitta tekislikda joylashgan transformator fazalaridagi salt ishlash toklari bir xil bo‘lmaydi, chunki o‘rta fazadagi magnit oqim kuch chiziqlari o‘tadigan oraliq, chekka fazalarining shunday oraliqlariga nisbatan kam (2.1,s-rasm). Shu tufayli o‘rta sterjenda joylashgan fazaning MYuK va toki I0.W chekkadagi fazalarga nisbatan kam (I0.W<0.WA= I0.WC) bo‘ladi. I0f(U1). Transformatorga berilgan kuchlanish U1 oshirilishi bilan uning magnit oqimi F oshadi, chunki
U1 E1 4,44fw1Fmax.
Kuchlanishning kam qiymatlarida magnit zanjir to‘yinmagan bo‘lib, tok I0 to‘g‘ri chiziqli o‘zgaradi.
Kuchlanishning U1 (0,50,6) U1N qiymatlaridan boshlab magnit o‘tkazgich to‘yina boshlaydi va shu tufayli transformatorning Z0, x0 va r0 rm qarshiliklari kamaya boradi. Natijada, salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisi I0.r kuchlanish U1 ga nisbatan tez oshadi (3.3,b-rasm). Salt ishlash toki I0 reaktiv (I0.r) hamda aktiv (I0.a) tashkil etuvchilardan iborat bo‘ladi: I0 = I0.a + I0.r. Odatda kuch transformatorlarida I0 < 0,08 I1N , uning aktiv tashkil etuvchisi I0.a esa I0 ning taxminan 100,5 foizini tashkil qiladi. Kuch transformatorlarining nominal quvvatlari oshgan sari I0 ning nominal tokka nisbatan foizdagi qiymatlari kamaya boradi.
Dostları ilə paylaş: |