U. T. Berdiev


Amaliyot uchun muhim xulosa



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə23/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Amaliyot uchun muhim xulosa. Transformatorlarning ulanish guruhi faqatgina PK chulg‘amning YuK chulg‘amga nisbatan o‘ralish yo‘nalishiga, PK fazaviy chulg‘amlarning uchlari qanday belgilanishiga hamda ularning ulanish sxemalariga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, YuK va PK fazaviy chulg‘amlarni qanday ketma-ketlikda ulab " " sxemasini hosil qilishga ham bog‘liq bo‘ladi.
3 . Chulg‘amlarining o‘ralish yo‘nalishi va uchlarining belgilanishi bir xil bo‘lib YZ sxema bo‘yicha ulangan (6.3,a-rasm) transformatorning PK chulg‘am EYuK lari vektor diagrammasini (6.3,b-rasm) qurish uchun «A» fazaning («a-x'») va B fazaning («b-u») g‘altaklari o‘zaro qarshi ulanganligi tufayli ularda hosil bo‘ladigan EYuK lar bir-biridan 120 siljigan hamda EYuK lari teskari yo‘nalganligidan ularni geometrik ayirish natijasida fazaviy EYuK vektorlari (Ea, Eb, Ec) hosil qilinadi, ya’ni: Ea= E"b–E'a, Eb= E"c–E'b, Ec= E"a–E'c (6.3,b-rasm). «B» fazaning ikkinchi («b-u») g‘altagida hosil bo‘ladigan EYuK Eb neytralga yo‘nalgan, shu fazaga tegishli YuK chulg‘am EYuK Eb esa neytraldan chulg‘am boshiga yo‘nalgan. Shu sababli Eb vektorini Eb ga teskari yo‘nalishda qo‘yiladi va uning uchidan «A» fazaning PK chulg‘amiga tegishli birinchi («a-x») g‘altagi EYuK vektori EA ni YuK chulg‘amning «A» fazaviy EYuK vektori Ea ga mos yo‘naltirib chiziladi. So‘ngra Ea vektorining uchini neytral nuqta bilan birlashtirib fazaviy EYuK vektori Ea hosil qilinadi. «B» va «C» fazaviy chulg‘amlarning tegishlicha EYuK vektorlari Eb va Ec lar ham xuddi shu tartibda hosil qilinadi (6.3,b-rasm). Ea va Eb vektorlarning uchlarini birlashtirib Eab vektorining yo‘nalishi va kattaligini aniqlaymiz.
6.3-rasm. "Yulduz-zigzag" sxemasi (a) uchun kuch transformatorlarining ulanish guruhini aniqlashga oid vektor diagrammalar (b, c)
Bu vektorni o‘ziga parallel ravishda YuK chulg‘am uchun qurilgan vektor diagrammaning «A» nuqtasiga liniyaviy vektor Eab ning «a» nuqtasi ustma-ust tushadigan qilib ko‘chirilganda Eab vektori soatning «11» raqamiga yo‘nalganligi kuzatiladi (6.3,c-rasm).

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin