cosqt f (Uqt). Qisqa tutashuv tajribasida magnit zanjir to‘yinmaganligi tufayli kuchlanishning aktiv va reaktiv tashkil etuvchilari nisbati o‘zgarmas bo‘ladi, ya’ni qisqa tutashuv kuchlanishlari to‘g‘ri burchakli uchburchak ABC ning katetlari bir xil nisbatda o‘zgarib qisqa tutashuv kuchlanishi Uqt va toki Iqt vektorlari orasidagi siljish burchak qt o‘zgarmas bo‘ladi. Shu sababli quvvat koeffitsienti sosqt qisqa tutashuv rejimida o‘zgarmas (cosqt const) bo‘lib, uni uch fazali transformatorlar uchun tajribadan olingan qisqa tutashuv ma’lumotlaridan foydalanib quyidagicha aniqlanadi:
cosqt Pqt ( UqtIqt). (4.21)
Qisqa tutashuv tajribasidan olingan ma’lumotlar bo‘yicha transformator almashtirish sxemasining parametrlari: to‘la (Zqt), aktiv (rqt) va induktiv (xqt) qarshiliklari quyidagicha aniqlanadi:
a) birlamchi chulg‘ami "Y"sxemasiga ulangan uch fazali transformator uchun:
Zqt Uqt/ ( Iqt), rqt Pqt /(3I2qt), xqt ; (4.22)
b) birlamchi chulg‘ami" "sxemasiga ulangan uch fazali transformator uchun:
Zqt Uqt Iqt , rqt Pqt I2qt , xqt . (4.23)
Odatda birlamchi va keltirilgan ikkilamchi chulg‘amlarning to‘la (Z1, Z2), aktiv (r1, r2) va induktiv (x1, x2) qarshiliklari taxminan quyidagiga teng
Z1 Z2 0,5 Zqt; r1 r2 rqt 2; x1 x2 xqt 2 , (4.24)
deb hisoblanadi.
Qisqa tutashuv kuchlanishi Uqt , uning aktiv (Uqt.a) va reaktiv (Uqt.r) tashkil etuvchilari nominal kuchlanishlarga nisbatan foizlarda quyidagicha aniqlanadi:
uqt (%) (IN Zqt U1N) 100,
uqt.a(%) (IN rqt U1N) ∙100, (4.25)
uqt.r(%) (IN xqt U1N) 100.
Standartga binoan Uqt va Uqt.a larni aniqlashda rqt va Zqt qarshiliklar A, E, B issiqqa chidamlilik klassdagi izolyatsiyali transformatorlar uchun 75C o‘rta hisobiy temperaturaga quyidagicha keltiriladi:
rqt(75) rqt [1 + 0,004 (75– )], (4.26)
bunda – chulg‘am qarshiligini o‘lchagan paytdagi temperatura.
Qisqa tutashuv kuchlanishi transformatorning ichki qarshiligini ifodalaydi va kuchlanish tushishi (U)ga, qisqa tutashuv toki (Iqt)ga va tashqi xarakteristikalariga ta’sir ko‘rsatadi. Transformatorning qisqa tutashuvdagi kuchlanish va EYuK lar hamda toklar muvozanat tenglamalari quyidagicha yoziladi:
Aktiv, induktiv va to‘la qarshiliklardagi kuchlanish pasayishlari vektorlari qisqa tutashuv uchburchagi (0BK) ni hosil qiladi (4.4,a-rasm). Bu rejim uchun almashtirish sxema oddiy ko‘rinishga ega bo‘ladi, chunki qisqa tutashuvda berilayotgan kuchlanish Uqt uning nominal qiymatiga nisbatan juda ham kamligidan, (4.17) dagi transformator toklarining muvozanat tenglamasida magnitlovchi tok ImI0 ni hisobga olmaslik mumkin. Bu holda transformatorning T-simon almashtirish sxemasida magnitlovchi zanjir va uning qarshiliklari (rm va xm) chiqarib tashlansa, qisqa tutashuv rejimi uchun almashtirish sxemasi kelib chiqadi (4.4,b-rasm).
Mazkur sxemada birlamchi va ikkilamchi chulg‘am qarshiliklari ketma-ket ulangan bo‘lib, ularni qisqa tutashuvdagi to‘la qarshilik (Zqt rqt jxqt) ko‘rinishida ham ko‘rsatsa bo‘ladi. Transformatorning qisqa tutashuvdagi to‘la qarshilik Zqt ga ekvivalent ko‘rinishida ifodalanishi amaliy hisoblarida keng qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
1. Transformatorga ulangan yuklama o‘zgarishining asosiy magnit oqimga ta’sirini Lens qoidasi orqali qanday tushuntiriladi?
2. Keltirilgan transformator nima va uning parametrlari real transformator-nikidan nima bilan farq qiladi?
3. Yuklama ulangan transformatorning vektor diagrammalari qanday quriladi?
4. Šisqa tutashuv tajribasi nima maqsadda o‘tkaziladi?
* * *