Qisqa tutashuv kuchlanishi bir xil bo‘lmagan transformatorlarning parallel ishlashi. Agar kℓ.I kℓ.II va chulg‘amlarining ulanish guruhlari bir xil bo‘lib, qisqa tutashuv kuchlanishlari teng bo‘lmagan (uqt.I u qt.II) ikkala transformatorni parallel ishlashga ulaganda yuklama oshirilsa, qisqa tutashuv kuchlanishi kam bo‘lgan transformator ikkinchisiga nisbatan oldin nominal quvvatiga erishadi. Umuman, parallel ishlayotgan transformatorlar orasida yuklama ularning qisqa tutashuv kuchlanishlariga teskari mutanosiblikda taqsimlanadi:
(SI / SI.N) : (SII / SII.N) = uqt.II/ uqt.I. (6.8)
TII ni ham nominal quvvatgacha yuklash maqsadida umumiy yuklama yana ham oshirilganda TI ning yuklamasi me’yordan oshib ketadi. Bu esa amaliyot uchun salbiy holdir. Parallel ishlatiladigan transformatorlar nominal quvvatlarining nisbati 3:1 dan katta bo‘lmasligi kerak. Demak, qisqa tutashuv kuchlanishlari har xil bo‘lgan transformatorlarni parallel ishlatishda ularning o‘rnatilgan quvvatidan to‘la foydalanib bo‘lmas ekan. Agar tashqi xarakteristikalari ma’lum bo‘lsa, berilgan ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi kattaligi bo‘yicha parallel ishlayotgan transformatorlarning tokini grafik usulda aniqlash mumkin (6.7-rasm).
Umumiy yuklama ulanganda qisqa tutashuv kuchlanishi uqt katta bo‘lgan transformatorning kuchlanish pasayishi ko‘p bo‘lib, uning tashqi xarakteristikasi abstsissalar o‘qiga ko‘proq og‘adi. Agar ordinatasi nominal kuchlanishga teng bo‘lgan nuqtadan abstsissalar o‘qiga o‘tkazilgan parallel chiziq tashqi xarakteristikalar bilan kesishish nuqtalari izlanayotgan toklarning qiymatini beradi, masalan, uqt.I< uqt.II bo‘lganda I2.I >I2.II ga ega bo‘lamiz.
Chulg‘amlarning ulanish guruhlari har xil bo‘lgan transformatorlarning parallel ishlashi. Aytaylik, chulg‘amlari YY– 0 va Y –11 ulangan birlamchi va ikkilamchi nominal kuchlanishlari bir xil (U1N.IU1N.II; U2N.IU2N.I) bo‘lgan ikkita transformator parallel ishlash uchun ulangan. Unda ikkilamchi chulg‘amlar mos fazalarining EYuK lari E2.I va E2.II kattaligi jihatdan teng, lekin fazasi 30 siljigan (6.8-rasm). Ikkilamchi chulg‘amlar ulangan konturda bu EYuK larning ayirmasi ta’sir qilib, uning kattaligi:
E 2 E2sin(302) 0,52 E2. (6.9)
Hosil bo‘lgan E ta’sirida transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amlaridan tenglashtiruvchi tok Iteng.2 o‘tib, bu esa, birlamchi chulg‘amlardan ham tenglashtiruvchi tok Iteng.1 o‘tishiga sababchi bo‘ladi.
Uning kattaligi:
Iteng E (Zqt.I Zqt.II). (6.10)
Agar, masalan, ishlayotgan ikkita transformatorning quvvatlari bir xil va nisbiy birliklardagi to‘la qisqa tutashuv qarshiliklari va kuchlanishlari Zqt.I Zqt.II uqt.I uqt.II 0,05 bo‘lsa, unda Iteng IN nisbat quyidagiga teng bo‘ladi:
Iteng 0,52(20,05) 5,2.
Demak, salt ishlash rejimda ham Iteng tok nominal tokka nisbatan taxminan 5,2 marta katta bo‘lar ekan. Bu esa qisqa tutashuv holati bilan baravardir. Demak, har xil guruhdagi transformatorlarni parallel ishlashga ulash mumkin emas ekan.
Nazorat savollari
1. Uch fazali transformatorda ulanish guruhi qanday aniqlanadi?
3. Ulanish guruhi tajriba yo‘li bilan qanday aniqlanadi?
4. Transformatorlarni parallel ishlatishning ahamiyati nimada?
5. Qanday shartlar bajarilganda transformatorlarni parallel ulash mumkin?
* * *