U. T. Berdiev


Transformatsiyalash koeffitsientlari har xil bo‘lgan transformatorlarning parallel ishlashi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə28/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Transformatsiyalash koeffitsientlari har xil bo‘lgan transformatorlarning parallel ishlashi. Parallel ishlayotgan transformatorlar ikkilamchi chulg‘amlaridagi EYuK lar (E2.I, E2.II) qarama-qarshi ulangan bo‘lgani uchun vektor diagrammada ularning vektorlari o‘zaro teskari yo‘naltirib chiziladi (6.6,a-rasm). Agar transformatorlarning birlamchi chulg‘am EYuK lari shartga ko‘ra teng bo‘lsa, unda transformatsiyalash koeffitsientlari kℓ.I< kℓ.II bo‘lganda ikkilamchi chulg‘am EYuK lari E2.I> E2.II bo‘ladi va qarama-qarshi yo‘nalgan bu EYuK larning vektor yig‘indisi tufayli natijaviy EYuK ∆E = E2.I+E2.II hosil bo‘lib, u transformatorlar chulg‘amlari orasida tenglashtiruvchi tok Iteng ni vujudga keltiradi:
Iteng E  (Zqt.I Zqt.II), (6.7)
bu yerda Zqt– to‘la qisqa tutashuv qarshiligi; «I» indeks birinchi transformatorga, indeks «II» esa ikkinchi transformatorga tegishli. Odatda katta quvvatli transformatorlarda (xqt.I  xqt.II) >> (rqt.Irqt.II) bo‘lganligidan rqt.I va rqt.II qarshiliklarini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Bu holda tenglashtiruvchi tok Iteng EYuK E dan chorak davr (90) ga orqada qoladi. Bu tok qiymati katta bo‘lgan EYuK E2.I ga nisbatan induktiv bo‘lib, qiymati kichik bo‘lgan EYuK E2.II ga nisbatan esa sig‘imiydir (6.6,a-rasm).
Yuklama ulanganda Iteng tok yuklama toki Iyu ga geometrik qo‘shiladi. Ikkilamchi chulg‘am EYuK E2.I uning kuchlanishi U2.I dan katta (E2.I>U2.I) bo‘lgan 1-transformator (TI) toki quyidagiga teng: I2.I= Iyu.I + Iteng.
Agar tekshirilayotgan paytda 1-transformatorda Iteng tok chulg‘am boshidan uning oxiriga o‘tayotgan bo‘lsa, 2-transformatorda esa u chulg‘am oxiridan uning boshiga o‘tadi va, shu sababli 2-transformator (TII) ning toki quyidagi tenglama bilan aniqlanadi, ya’ni I2.II = Iyu.II + Iteng (6.6,c-rasm).

Iteng tokning ta’siri tufayli transformatorlarda toklar tengsizligi (I2.I > I2.II) hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda 1-transformator TI o‘ta yuklanib, 2-transformator TII ning yuklamasi esa me’yoridan kam bo‘ladi.


Transformator (TI) ikkilamchi chulg‘amida Iteng toki vujudga keltirgan kuchlanish pasayishi (–jxqt.II∙Iteng) EYuK E2.II ga qarama-qarshi yo‘nalgan, transformator (TII) ikkilamchi chulg‘amida tenglashtiruvchi tok tufayli vujudga kelgan kuchlanish pasayishi vektori (–jxqt.II∙Iteng) esa EYuK vektori E2II bilan mos yo‘nalgan. Natijada transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amlarida E2.I>>U2>E2.II bo‘lgan holda umumiy kuchlanish U2 barqaror bo‘ladi (6.6,b-rasm).

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin