7-Bob. Uch chulg‘amli transformatorlar. Avtotransformatorlar
7.1§. Uch chulg‘amli transformatorlar
Uch chulg‘amli transformatorda o‘zakka o‘rnatilgan o‘zaro elektr ravishda ulanmagan uchta chulg‘am bo‘ladi. Agar transformator pasaytiruvchi bo‘lsa, ulardan eng YuK chulg‘am birlamchi chulg‘am bo‘ladi, qolgan ikkitasi esa ikkilamchi chulg‘am hisoblanadi. Uch chulg‘amli transformatorning ishlash prinsipi ikki chulg‘amli oddiy transformatorning ishlash prinsipidan farq qilmaydi. Birlamchi chulg‘amga o‘zgaruvchan tok berilganda magnit o‘tkazgichda o‘zgaruvchan magnit oqim hosil bo‘lib, uning kuch chiziqlari ikkinchi va 3-chulg‘amlarni kesib o‘tishi tufayli, ularda mos ravishda E2 va E3 EYuK lar hosil bo‘ladi. Ikkinchi va 3-chulg‘amlarga yuklama ulansa shu chulg‘amlardagi EYuK lar ta’sirida ulardan mos ravishda I2 va I3 toklar o‘tib, chulg‘amlarning chiqish uchlarida tegishlicha U2 va U3 kuchlanishlar yuzaga keladi (7.1-rasm).
Uch chulg‘amli transformatorning magnit yurituvchi kuchlari muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
I0w1 I1w1 + I2w2 + I3w3. (7.1)
Bu tenglamaning chap va o‘ng tomonini w1 ga bo‘lib, I2∙w2 /w1 I'2 va I3∙w3/w1I'3 belgilashlar kiritgandan keyin uch chulg‘amli transformator toklarining muvozanat tenglamasini hosil qilamiz:
I 0 I1 + I'2 + I'3 . (7.2)
Umumiy maqsadli uch chulg‘amli kuch transformatorlari katta quvvatlar (630080 000 kVA)ga va yuqori kuchlanishlar (35220 kV)ga mo‘ljallab tayyorlanadi. 7.2-rasmda shunday transformatorlardan TDT–16000110 tipi ko‘rsatilgan. Bunday transformatorlarda salt ishlash toki I0 nominal tok I1N ning juda ham kam qismi (0,51,2%) ni tashkil qilganligidan, uni e’tiborga olmagan (I0 0) holda, uch chulg‘amli transformator toklarining muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi:
I1 – (I'2 + I'3) . (7.3)
Uch chulg‘amli transformatorning afzalligi shundaki, ayrim hollarda elektr stansiyasida yoki transformator podstansiyasida kuchlanishi har xil bo‘lgan ikkita ikki chulg‘amli kuch transformatori o‘rniga bitta uch chulg‘amli transformator ishlatish mumkin. Bu holda transformator o‘rnatish uchun kam joy talab qilinadi, energiya isroflari nisbatan kamayadi va podstansiya tannarxi arzonlashadi. Uch chulg‘amli transformatorda barqaror elektromagnit jarayonlar ikki chulg‘amli transformatornikiga o‘xshash holda quyidagi tenglamalar tizimi orqali ifodalanadi:
a) U1 = –E1 + I1Z1;
(7.4)
b) U' 2 = E'2 – I'2Z'2;
c) U'3 = E'3 – I'3Z'3; d) I0 = I1 + I'2 + I'3,
b u yerda: Z1 r1 jx1, Z'2 r'2 jx'2, Z'3 r'3 jx'3 – transformator chulg‘amlarining tegishlicha to‘la qarshiliklari; I'2I2∙w2w1 va I'3I3∙w3 w1 – birlamchi chulg‘am o‘ramlar soniga keltirilgan ikkinchi va 3-chulg‘am toklari.
7.2-rasm. Quvvati 16 MV∙A, 110 / 38,5 / 11 kV, TDT–16000/110 tipli uch fazali uch chulg‘amli transformator: (1 –jumrak; 2 – ventilyator; 3 – bak; 4 – radiator; 5 – ilgich; 6 – tok transformatori bilan o‘tish flanetsi; 7 – yuqori kuchla-nish uchun o‘tish izolyatori; 8 – o‘rta kuchlanish (38,5 kV) o‘tish izolyatori; 9 – 110 kV o‘tish izolyatorining qog‘oz-bakelit silindri; 10 – PBV qayta ulagichi yuritmasi; 11 – past kuchlanish (11 kV) o‘tish izolyatori; 12 – chiqaqarish trubasi; 13 – gaz relesi; 14 – kengaytirgich; 15 – moy ko‘rsatkich; 16 – havo quritkich; 17 – YuK chulg‘am qayta ulagichi; 18 – YuK chulg‘am (110 kV); 19 – termosifonli filtr; 20 – transformatorni siljitish uchun aravacha; 21 – taqsimlash qutichasi; 22 – domkrat o‘rnatish uchun tokcha; 23 – bosh quticha.
Salt ishlash toki I0 << I1N bo‘lganligidan magnitlanish shoxobchasini hisobga olmagan holdagi uch chulg‘amli transformatorning almashtirish sxemasi 7.3-rasmda ko‘rsatilgan. Mazkur sxema transformatorning parametrlari ma’lum bo‘lganda va yuklamaning qarshiliklari berilgan bo‘lsa transformator chulg‘amlarining toklari va kuchlanishlarini hamda ulardagi isroflarni aniqlashga imkon beradi.
Ikkilamchi chulg‘amlari orasidagi magnit bog‘lanish ularning o‘zaro birbiriga ta’sir etishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, 2-chulg‘am toki I2 ning o‘zgarishidan faqat uning kuchlanishi U2 o‘zgarib qolmasdan, birlamchi chulg‘am toki I1 va 1-chulg‘am to‘la qarshiligidagi kuchlanish tushishi (I1Z1) ning o‘zgarishi tufayli 3-chulg‘am kuchlanishi U3 ning qiymatiga ham ta’sir qiladi. Uch chulg‘amli transformatorning transformatsiyalash koeffitsientlari (k1.2, k1.3 , k2.3) uning salt ishlash tajribasidan aniqlanadi:
(7.5)
k1.2 U1U2, k1.3 U1U3,
k2.3 U2 U3 (U2U1)(U3U1) k1.3 k1.2 ,
Uch chulg‘amli transformatorda qisqa tutashuv tajribasini o‘tkazish tartibi ikki chulg‘amli transformator tajribasidan farq qilmaydi. Ctandart tavsiyasi bo‘yicha zamonaviy uch chulg‘amli kuch transformatorlarida chulg‘amlarining quvvatlari har bittasi 100 foiz quvvatga mo‘ljallab tayyorlanadi. Bunda transformator 100 foiz quvvatni ikkilamchi chulg‘amlardan bittasiga beradi yoki bu quvvat ikkinchi va 3-chulg‘am quvvatlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Chulg‘amlarning o‘zakda joylashtirish ketma-ketligi transformator qisqa tutashuv kuchlanishlari qiymatiga ta’sir qiladi. Masalan, TDTN-40000220 tipli katta quvvatli transformatorda chulg‘amlar o‘zakda PK–O‘K–YuK ketma-ketlikda joylashtirilganda ularning qisqa tutashuv kuchlanishlari uqt.(1.2) =12,5, uqt.(1.3) 22,0 va uqt.(2.3) 9,5 foizlarga teng bo‘ladi.
Standart tavsiyasi bilan uch fazali uch chulg‘amli transformatorlarda Yn Yn – 0 –11 yoki Yn –11–11, bir fazali uch chulg‘amli transformatorda esa III – 0 – 0 guruhlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |