U. T. Berdiev


Avtomatika qurilmalari uchun transformatorlar. 1. Impulsli transformatorlar



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə38/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Avtomatika qurilmalari uchun transformatorlar. 1. Impulsli transformatorlar. Bunday transformatorlar impulsli texnika qurilmalarida elektr impulsi amplitudasini va qutbiyligini o‘zgartirish, yuklama zanjiri tokining doimiy tashkil etuvchisini yo‘qotish kabi vazifalarni bajarish uchun qo‘llaniladi. Im­pulsli transformatorlar tok (yoki kuchlanish) impulsining qayta magnitlanishi rejimida ishlaydi.Bunday transformatorlarga qo‘yiladigan asosiy talab–transformatsiyalangan kuchlanish impulsining shakli imkon qadar buzilmasligi kerak.
2. Pik-transformatorlar. Elektron texnikasida boshqariladigan ventil (masalan, tiristor)ni rostlash uchun kuchlanish impulsi kes­kin o‘tkir (piksimon) shaklda bo‘lishi kerak. Bunday impulslarni si­nusoidal o‘zgarayotgan kuchlanish berilgan pik-transformator yordami­da olish mumkin.
Pik-transformator – o‘zagi magnit jihatdan kuchli to‘yingan odatdagi ikki chulg‘amli transformatordir. Shu sa­babli transformatorning ikkilamchi chulg‘amida pik (cho‘qqi)simon shakldagi kuchlanish U2 hosil bo‘ladi. Magnit oqim F va tok i1 nol qiymatidan o‘tish paytida ikkilamchi kuchlanish maksimum (U2max) qiymatga erishadi.
3. Stabillashtiruvchi transformatorlar. Bunday transformatorlar elektr yuritmada va avtomatik rostlash tizimlarida rostlanadigan kattalikning birinchi hosilasi bo‘yicha teskari bog‘lanishni hosil qi­lish uchun tabaqalashtiruvchi bo‘g‘inlar sifatida tez-tez foydalaniladi. Transformatorning bunday sifatda foydalanilishi, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi U2 ning magnit oqimi o‘zgarish tezligi (dFdt)ga mutanosib ra­vishda bo‘lganligiga asoslangan.
4. Chastotani o‘zgartirish uchun transformator. O‘zga­ruvchan tok chastotasini ikki va uch karra oshirish uchun transformator sxemalari keng qo‘llanilmoqda. Chastotani uch karra oshirish uchun transformator sxemalari f1 chas­totali uch fazali tarmoqqa ulangan transformator o‘zaklarining kuch­li to‘yinishi tufayli hosil bo‘ladigan uchinchi garmonikadan foydala­nishga asoslangan. Bunday holda EYuK ning uchinchi garmonikalari katta qiymatga ega bo‘lib, ikki­lamchi chulg‘amni "ochiq uchburchak" ko‘rinishga o‘tkazilsa uch marta katta (f3=3f1) bo‘lgan chastotali kuchlanish manbaiga ega bo‘lamiz.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin