G‘altak o‘ramining EYuK. Agar g‘altak o‘ramlari bir-biridan qutb bo‘linmasiga teng (y = ) bo‘lgan masofadagi pazlarda joylashgan o‘tkazgichlardan yasalgan bo‘lsa, ulardagi EYuK lar o‘zaro 180 ga siljigan bo‘ladi, chunki o‘ramning aktiv tomonlari (o‘tkazgichlari) qarshi ulangan, ya’ni chap tomondagi o‘tkazgichning oxiri o‘ng tomondagi o‘tkazgich oxiri bilan birlashtirilgan (10.13,a-rasm).
Shu sababli o‘ramning EYuK (Eor.1) o‘tkazgichlardagi EYuKlarning geometrik (vektor) ayirmasiga teng bo‘ladi (10.13,b-rasm). Bu vektor diagrammadan ko‘rinishicha, chulg‘am qadami diametral (y = ) bo‘lganda o‘tkazgichlar EYuK larining geometrik ayirmasi (Eor.1(d) – o‘ram EYuK) ularning arifmetik yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni
Eor.1(d)= 2 Eotk.1= 4,44 f Ф1. (10.15)
Chulg‘am qadami qisqartirilgan (y ) bo‘lganda o‘tkazgichlar EYuK larining geometrik ayirmasi (Eor.1(qis) – o‘ram EYuK), chulg‘am qadami diametral bo‘lgandagi ularning arifmetik yig‘indisidan kichik (Eor.1(qis) Eor.1(d)) bo‘ladi:
Eor.1(qis) = 2 Eotk.1 sin(/2) = 4,44 f Ф1 kqis.1, (10.16)
bu yerda kqis.1= sin( / 2) (10.17)
– chulg‘am qisqartirish koeffitsientining 1-garmonikasi;
= (y /) – chulg‘amning nisbiy qadami.
Qisqartirish koeffitsienti -garmonika uchun quyidagicha yoziladi:
kqis.= sin( / 2). (10.18)
O‘ramlar soni ws bo‘lgan stator chulg‘ami seksiyasi (g‘altagi)da hosil bo‘ladigan EYuK ning qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
Es.1(qis) = ws Eor.1(qis) = 4,44 f Ф1 ws kqis.1 (10.19)
G‘altaklar guruhining EYuK. Agar g‘altaklar guruhidagi barcha seksiyalar bir-biridan chulg‘am qadami y = masofada joylashgan ikkita pazga to‘plansa, u holda EYuK lar faza jihatdan mos tushar, barcha seksiyalar guruhining EYuK esa, shu guruhni hosil qiluvchi seksiyalar EYuK larining arifmetik yig‘indisiga teng bo‘lar edi 10.13,a-rasm). Lekin, amalda statorlarning taqsimlangan holdagi, ya’ni g‘altaklar guruhi qo‘shni pazlarda joylashgan q ta bir xil g‘altak (seksiya)laridan (10.14,a-rasm) tashkil topgan chulg‘ami ishlatiladi. Ularda har qaysi g‘altaklar guruhidagi seksiyalarning aktiv tomonlari har bitta qutb ostidagi q 1 pazni egallaydi. Shuning uchun g‘altaklar guruhining seksiyalarida hosil bo‘ladigan EYuK lar faza jihatdan bir-biriga nisbatan qo‘shni pazlar orasidagi e burchakka siljigan bo‘ladi (10.14,b-rasm).
Seksiyalar guruhining hamma seksiyalari o‘zaro ketma-ket ulanganligi sababli seksiyalar guruhining EYuK lari yig‘indisi Eg1 alohida seksiyalar EYuK larining geometrik yig‘indisi (Eg.1= Es.1(qis))ga teng bo‘ladi (10.14,b-rasm). Bu yig‘indi chulg‘am diametral qadamli bo‘lgandagi ularning arifmetik yig‘indisi (Eg1(d) = q Es.1(d) )dan kichik bo‘ladi. Bu EYuK larning nisbati:
kt 1= Eg1 / Eg1(d) = sin(qe /2)/[q sin(e /2)] , (10.20)
– chulg‘am taqsimlanish koeffitsientining 1-garmonikasi deyiladi.
Taqsimlanish koeffitsienti -garmonika uchun quyidagicha yoziladi:
kt = sin(qe /2) / [q sin(e / 2)] . (10.21)
Seksiyalar guruhining EYuK Eg1 quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Eg1= q Es.1 kt.1 = 4,44 f Ф1ws q kqis.1 kt.1. (10.22)