Taqsimlangan chulg‘amning MYuK. Magnit maydonning taqsimlanish egri chizig‘ini sinusoidaga yaqinlashtirish maqsadida, har bir faza g‘altaklari bir nechta pazlarga joylashtiriladi. Bunda chulg‘amning sovitilishi ham yaxshilanadi. 10.16-rasmda 6 ta pazga (q 3) joylashtirilgan ikki qutbli mashina chulg‘ami ko‘rsatilgan. Bunday chulg‘am MYuK ning taqsimlanish shakli pog‘onasimon bo‘ladi. Taqsimlangan chulg‘amning MYuK o‘ramlar soni w = w/ 3 bo‘lgan va fazoda burchakka (bunda – qo‘shni pazlar o‘qlari orasidagi masofa) siljigan uchta yig‘ilgan chulg‘am MYuK larining geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Taqsimlangan chulg‘am MYuK 1-garmonikasi quyidagicha ifodalanadi:
Ft.1 = 0,9Iw kt.1, (10.29)
bunda kt.1 = sin(q/2)/[q sin(/2)] (10.30)
– birinchi garmonika uchun chulg‘amning taqsimlanish koeffitsienti (q = 3).
10.16-rasm. Ikki qutbli mashinaga oid ikki qatlamli taqsimlangan stator chulg‘amining ko‘ndalang qirqimi (a), chulg‘am MYuK ning taqsimlanish diagrammasi (b) va stator pazlarida taqsimlangan g‘altaklar MYuK larining 1-garmonika vektorlarini qo‘shish diagrammasi (c)
[ Fp11, Fp21, Fp31 – tegishlicha 1, 2 va 3-paz («p»)lardagi o‘tkazgichlar MYuK lari). Umumiy holda -garmonika uchun chulg‘amning taqsimlanish koeffitsienti quyidagicha topiladi:
kt. = sin(q/2) /[q sin(/2)], (10.31)
bunda – alohida g‘altaklar MYuK larining -garmonika tashkil etuvchilari orasidagi siljish burchagi.
C hulg‘am g‘altaklarini pazlar bo‘yicha taqsimlab joylashtirish, uning natijaviy MYuK egri chizig‘idagi yuqori garmonikalar amplitudalarini ancha kamaytiradi va mashina havo oralig‘idagi maydon shaklini sinusoidaga yaqin-lashtiradi.
Qadami qisqartirilgan chulg‘amning MYuK. Taqsimlangan chulg‘amda MYuK ning 5, 7-garmonikalarning ta’siri ancha kamayadi, lekin ayrim garmonikalar juda oz miqdorda kamayadi. Shuning uchun taqsimlangan chulg‘amda chulg‘am qadami qisqartiriladi (y<). Bu holda chulg‘am ikki qatlamli qilib o‘raladi, har bir seksiyaning bir tomoni pazning pastki qismida, ikkinchi tomoni esa boshqa pazning ustki qismida yotadi.
10.17-rasmda ikki qutbli mashinaning stator pazlarida q = 3 bo‘lganda joylashtirilgan ikki qatlamli qadami qisqartirilgan chulg‘am ko‘rsatilgan. Berilgan holda har bitta faza chulg‘ami oltita g‘altakdan iborat. Birinchi, ikkinchi va uchinchi g‘altak tomonlari 1, 2, 3 pazlarning pastki qatlamla-rida va 2, 3, 4 pazlarning ustki qatlamlarida, to‘rtinchi, beshinchi va ol-tinchi g‘altak tomonlari esa – 2, 3, 4 pazlarning ustki qatlamlarida va 1, 2, 3 pazlarning pastki qatlamlarida yotadi. Bu chulg‘am uchun MYuK ning stator aylanasi bo‘ylab taqsimlanishi 10.17-rasmda keltirilgan.
Qadami qisqartirilgan taqsimlangan chulg‘amning MYuK Fx ni hisoblashda o‘ramlar soni w = w/2, diametral qadamli, taqsimlangan, bir-biriga nisbatan (1–) burchakka (bunda = u/ – nisbiy qadam) siljigan 2 ta chulg‘am MYuK (Fx va Fx) larining geometrik yig‘indisi orqali aniqlanadi. Bu chulg‘amlardan bittasi 1–1, 2–2, 3–3 pazlarning pastki qatlamlarida joylashgan uchta g‘altakdan, ikkinchi chulg‘ami esa 2–2, 3–3 va 4–4 pazlarning ustki qatlamlarida joylashgan uchta g‘altakdan iborat. Natijaviy MYuK 1-garmonikasining amplitudasi ko‘rsatilgan chulg‘amlarning F1 va F1 MYuK lari birinchi garmonika amplitudalarini vektor qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Faza tokining qiymati maksimal bo‘lganda bu MYuK lar
F1= F1 = 0,45 I w kt.1 bo‘ladi.
Demak, pazlarda taqsimlangan qadami qisqartirilgan chulg‘am MYuK 1-garmonikasining qiymati quyidagicha topiladi:
F1 = 2 F1 cos(2) = 0,9Iwkt1kqis1 , (10.32)
bu yerda kqis.1 cos(2) (10.33)
– birinchi garmonika uchun chulg‘amning qisqartirish koeffitsienti.
Yuqori () garmonika uchun qisqartirish koeffitsienti quyidagi ifodadan aniqlanadi:
kqis.= cos( / 2). (10.34)
Shunday qilib, chulg‘am qadami qisqartirilganda MYuK ning va induktsiyaning taqsimlanishi sinusoidal shaklga yaqinlashar ekan.
Kam quvvatli mashinalarda pazlar qiyshiqligining MYuK ga ta’sirini, ya’ni pazlarning qiyshiqligi tufayli mashina havo oralig‘idagi magnit maydon tarkibidagi tish garmonikalari ta’sirini kamaytirishda chulg‘am g‘altaklaridagi EYuK ga va chulg‘amning MYuK ga ta’sirini, pastda (10.5-bandda) ko‘rsatilganidek, 1-garmonika uchun (10.46) va -garmonika uchun esa (10.47) lardagi qiyshiqlik koeffitsientlari orqali hisobga olinadi.
Qiyshiqlik koeffitsienti yuqori garmonikalarda birinchi garmonikasiga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Pazlarning va ularda joylashgan g‘altaklarning qiyshiqligi tufayli MYuK ning tarqalish shakli sinusoidaga yaqinlashtiriladi.
10.1-jadvalda berilganlari: q = 3, = 20, y / = 7/9 bo‘lgan chul-g‘am uchun kt, kqis va kch koeffitsientlarning qiymatlari keltirilgan.
10.1-jadval
Garmonika tartib raqami
1
3
5
7
9
11
13
kt kqis kch
0,96
0,94
0,902
0,667
0,5
0,333
0,217
0,174
0,038
0,177
0,766
0,135
0,333
1,0
0,333
0,177
0,766
0,135
0,217
0,174
0,038
Bu jadvaldan ko‘rinishicha, chulg‘am MYuK yuqori garmonikalarining amplituda qiymatlari uning 1-garmonikaciga nisbatan ancha kam. Ularning 5, 7 va 9-garmonikalarining 1-garmonika MYuK ga nisbati quyidagicha:
F3 / F1 = (1/3) kch.3/ kch.1= 0,123; F5 / F1 = (1/5) kch.5/ kch.1= 0, 0084;
F7 / F1 = (1/7) kch.7/ kch.1= 0,025; F9 / F1 = (1/9) kch.9/ kch.1= 0, 041.
Nazorat savollari
1) O‘zgaruvchan tok chulg‘amlarining turlariga oid ma’lumot bering.
2) Chulg‘am koeffitsientlariga nimalar kiradi?
3) MYuK va EYuK larning o‘zgarish shakllari qanday usullar bilan yaxshilanadi?