U. T. Berdiev


§. Elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar elektr transportlari uchun kuch transformatorlarining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə39/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

9.4§. Elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar elektr transportlari uchun kuch transformatorlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti (masalan, elektrovoz) uchun kuch transformatorlari. Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti yuksak texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega va ekologik jihatdan toza bo‘lgan transportdir. Shu tufayli dunyoning barcha mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham elektrlashtirilgan temir yo‘l va shahar elektr transportlari keng rivojlanmoqda.

9.4-rasm. Elektrlashtirilgan temir yo‘lning 225 elektr ta’minoti tizimi tortish podstansiyasidagi ikkilamchi chulg‘ami bo‘lingan bir fazali maxsus maqsadli kuch transformatori: (1 – bir fazali kuch transformatori; 2 – bir fazali kuch AT; 3 – elektr energiyani ta’minlovchi maxsus liniya; 4 – kontakt tarmog‘i; 5 – rels tarmog‘i)


Elektrlashtirilgan temir yo‘l transportida tortish ("asosiy ta’minlovchi") transfor­matorining asosiy vazifasi elektr tarmog‘i kuchlanishi U ni tortish elektr motori uchun zarur bo‘lgan kuchlanishga qadar kamaytirib berishdan iborat (9.4-rasm).
225 kV tizimli tortish transformator podstansiyalarida bir fa­zali kuch transformatorlari qo‘llaniladi. Ularning ikkilamchi chulg‘ami har qaysisi 25 kV kuchlanishli ketma-ket ulangan ikkita seksiya­dan tashkil topgan (9.5-rasm). Seksiyalar bunday ulanganda kontakt tarmog‘ini 50 kV kuchlanish bilan ta’minlashga imkon beradi. Bu kuch­lanish temir yo‘l bo‘ylab maxsus AT punktlarida joy­lashtirilgan liniya AT lari yordamida rostlab turila­di.
Shahar elektr transporti kuch transformatorlari. Shahar elektr tarmoqlari xususiyatidan kelib chiqqan holda bunday maxsus maqsadli kuch transformatorlarining bir­lamchi kuchlanishi 6; 6,3; 10 va 10,5 kV bo‘ladi. Tramvay-trolleybuslarni elektr energiya bilan ta’minlovchi transformatorlarning ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishi U2 600 V bo‘lgan TMP-80010; TMP-160010 va TMP-320010 tiplari ishlatiladi.
Ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishi U2 825 V, quvvati 3200 kVA gacha bo‘lgan TMP-160010, TMP-320010 va TSZP tipdagi quruq maxsus maqsadli kuch transforma­torlari metropoliten elektr ta’minoti uchun ishlatila­di.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin