Tokni o‘lchash sxemalari uchun transformatorlar. Bunday transformatorlar katta qiymatli toklarni oddiy ampermetr bilan o‘lchash uchun hamda vattmetr, energiya hisoblagich (schetchik) va fazometrlarning tok chulg‘amlarini ulashda ishlatiladi. Shu sababdan ularni "tok transformatorlari" deyiladi. Tok transformatorining birlamchi chulg‘ami kesim yuzasi katta bo‘lgan o‘tkazgich (sterjen)dan yasalib, tarmoqqa ketma-ket ulanadi (9.7-rasm). Chulg‘amlardagi o‘ramlar shunday tanlanadiki, bunda birlamchi chulg‘amning toki nominalga teng bo‘lganda, ikkilamchi zanjirdagi tok 5 A bo‘ladigan qilib bajariladi. Tok transformatorlarining ish rejimi qisqa tutashuv rejimiga yaqin bo‘ladi va ular uchun toklar tenglamasi quyidagicha yoziladi:
I1 – I2 – (w2w1 )I2 I2k . (9.3)
Demak, ikkilamchi tok I2 va transformatsiyalash koeffitsienti k ma’lum bo‘lganda birlamchi tok I1 ni aniqlash mumkin ekan. Tok transformatorlarini 5 ta aniqlik klassiga bo‘ladilar: statsionar (ko‘chmaydigan) turlari – 0,2; 0,5; 1; 3 va 10, laboratoriya tok transformatorlari esa – 0,01; 0,02; 0,05; 0,1 va 0,2. Bu keltirilgan raqamlar tokning nominal qiymatidagi tok xatoligidir.
N ominal kuchlanish U 220 kV bo‘lganda tok transformatori kaskad sxemasi bo‘yicha, ya’ni ikki pog‘onali qilib bajariladi (9.6,d-rasm). Bu rasmda ko‘rsatilgan kaskadli tok transformatorining har bitta pog‘onasini kuchlanishi 250 kV bo‘lgan tok transformatori tashkil etadi. Birinchi pog‘onadagi ikkilamchi chulg‘am ikkinchi pog‘onaning birlamchi chulg‘amini tok bilan ta’minlaydi. Yuqori kuchlanishda ikki pog‘onali tok transformatorining bir pog‘onaliga nisbatan tannarxining taxminan 2 marta kamligi uning afzalligi bo‘lsa, kaskad sxemada chulg‘amlar qarshiliklarining oshishi tufayli tok transformatori xatoligining ko‘payishi esa uning kamchiligi hisoblanadi. Tok transformatorini tarmoqqa ulashda uning qoplamasi va 2-chulg‘amining chiqish uchlaridan biri yerga ulanadi.
Tok transformatori normal ishlash jarayonida, uning ikkilamchi chulg‘ami uzib qo‘yilmasligi kerak, aks holda ikkilamchi chulg‘am toki I2 0 bo‘lib, birlamchi chulg‘am toki I1 esa o‘zining ilgarigi katta qiymatini o‘zgartirmay uning hosil qilgan magnit oqimi ikkilamchi chulg‘amda katta EYuK hosil qiladi. Bu esa magnit isroflarining oshib ketishi sababli tok transformatorining me’yoridan ortiq qizib ketishiga olib keladi. Tok transformatorini tarmoqdan uzishda, dastlab uning ikkilamchi chulg‘ami shunt qilinib, o‘lchash asboblari ajratiladi.
Nazorat savollari
1. Payvandlash transformatorining tuzilishi va ishlash prinsipini so‘zlab bering.
2. Elektrlashtirilgan temir yo‘l transporti kuch transformatorini so‘zlab bering.
3. Elektr o‘lchash sxemalari uchun transformatorning ahamiyati nimadan iborat?
4. Avtomatik qurilmalarda qanday maxsus transformatorlar ishlatiladi?
* * *