4.4§. Qisqa tutashuv tajribasi va xarakteristikalari Birlamchi chulg‘ami kuchlanish U1N ga ulangan transformatorning ikkilamchi chulg‘am tomonidan qisqa tutashuvning sodir bo‘lishi avariya rejimi bo‘ladi. Bunday rejimda chulg‘amlardan o‘tadigan toklar nominal tokka nisbatan bir necha o‘n marta katta bo‘lganligidan transformator uchun xavflidir. Qisqa tutashuv tajribasi muhim amaliy ahamiyatga egadir, chunki undan qisqa tutashuv isroflari ∆P′qt va kuchlanishi Uqt hamda almashtirish sxemaning parametrlari aniqlanadi. Bu tajribani o‘tkazish uchun PK tomonidan uch fazalida fazaviy chulg‘am uchlarini qisqa tutashtirib (4.3,a-rasm), YuK chulg‘amga pasaytirib beriladigan kuchlanish Uqt ni 0 dan boshlab chulg‘amdagi tokning qiymati nominalga yetguncha oshiriladi. Qisqa tutashuv toki Iqt I1N bo‘lgandagi kuchlanishni qisqa tutashuv kuchlanishi Uqt deb ataladi va u transformatorning muhim parametrlaridan biridir. Kuch transformatorlarida Uqtnominal kuchlanish U1N ning 4,514,5 foizini tashkil etadi. Bu tajribada kuchlanish Uqt, tok Iqtva quvvat Pqt lar o‘lchab olinadi. Bu qiymatlardan qisqa tutashuvdagi quvvat koeffitsienti sosqt hisoblab topiladi. Transformatorning qisqa tutashuv xarakteristikalari: Iqt f(Uqt), Pqt =f(Uqt) va cosqt f (Uqt) 4.2,b-rasmda ko‘rsatilgan.
Iqt f (Uqt). Bu tajribada kuch transformatorlari chulg‘amiga beriladigan kuchlanishning qiymati UN ga nisbatan ancha kam bo‘lganligidan, uning magnit o‘tkazgichi to‘yinmagan bo‘ladi va tok Iqt ning o‘zgarishi to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi.
Pqt f (Uqt). Ikki chulg‘amli kuch transformatorlarida, Uqt kichik bo‘lganligidan qisqa tutashuvdagi magnit isroflari ( ), U1N dagi magnit isroflarga nisbatan ancha kichik bo‘ladi. Bu holda magnitlovchi tok (ImI0) ni hamda magnit isroflari (P′m) ni e’tiborga olmasa ham bo‘ladi va birlamchi chulg‘amga berilgan quvvat Pqt ikkala chulg‘am elektr isroflarini qoplashga sarflanadi (Pqt Pe), deb hisoblanadi.
Chulg‘amlardan nominal tok Iqt I1N o‘tgandagi qisqa tutashuv isroflari P′qt.N transformatorning muhim parametrlaridan biri hisoblanadi va uni quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
P′qt.N Pe1 Pe2 m I21.N r1 m ( )2 m I2qt.N rqt. (4.20)
Bu rejimdagi asosiy energiya isroflari tokning kvadrati (I2qt) ga mutanosib ravishda o‘zgarganligi tufayli qisqa tutashuv quvvati Pqt ning o‘zgarishi parabola shakliga yaqin bo‘ladi.