U. T. Berdiev



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə16/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

R0 f (U1). Salt ishlayotgan transformator birlamchi chulg‘amining toki va elektr isroflari juda ham kamligidan birlamchi chulg‘amdagi elektr isroflarni e’tiborga olmagan holda, transformatorga berilgan aktiv quvvat magnit o‘tkazgichdagi gisterezis va uyurma toklar tufayli vujudga keladigan magnit isroflarni qoplashga sarflanadi, deb hisoblanadi.
Magnit o‘tkazgichdagi isroflar RmW2 ga va chastotaning taxminan 1,3-darajasiga bog‘liq bo‘ladi. U1 const va f  const bo‘lganda, magnit isroflarining bog‘liqligini taxminan quyidagicha yozish mumkin:
Pm  P0  const. (3.14)
Quvvati 101000000 kVA bo‘lgan zamonaviy kuch transformatorlarida salt ishlash isroflar nominal yuklamadagi quvvat isroflariga nisbatan tegishlicha 1,50,05 % ni tashkil etsa ham, mavsumiy yuklama bilan ishlayotgan transformatorning yillik foydali ish koeffitsienti qiymatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, chunki salt ishlash xarakteristikalari yuklama qiymatiga bog‘liq bo‘lmay, balki P0U tufayli transformatorning tarmoqqa ulangan vaqtining davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Salt ishlash tajribasida nominal kuchlanish (U1N) ga to‘g‘ri kelgan muhim parametrlaridan salt ishlash toki I0.N va isroflari ∆P0.N standart bilan me’yorlangan bo‘ladi.
cos0  f(U1). Quvvat koeffitsienti cos0 uch fazali transformator uchun tegishlicha quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
cos0  P0 ( U1I0), (3.15)
bunda P0 – uch fazaning aktiv quvvati, W.
Salt ishlash rejimda magnit o‘tkazgichning to‘yinishi osha borgan sari I0 ning reaktiv tashkil etuvchisi I0.r kuchlanishga nisbatan tez oshib, aktiv tashkil etuvchisi I 0.a esa kam o‘zgaradi. Natijada, kuchlanish U1 va tok I0 vektorlari orasidagi burchak 0 oshishi tufayli cos0 kamaya boradi. Salt ishlash tajribasidan olingan ma’lumotlar bo‘yicha transformator uchun muhim bo‘lgan parametrlar U1N dagi qiymatlar asosida aniqlanadi:
1) transformatsiyalash koeffitsienti k  U1N U2.0 , bunda U1N – YuK chulg‘am nominal kuchlanishi; U2.0 – birlamchi chulg‘am kuchlanishi U1N dagi PK chulg‘am kuchlanishi; 2) salt ishlash isroflari ∆R′0; 3) salt ishlash tokining qiymati i0(%)(I0I1N)∙100; 4) magnitlovchi zanjirning aktiv qarshiligi r0. Transformatorning birlamchi chulg‘am aktiv qarshiligi r1 magnitlovchi zanjirning hisobiy aktiv qarshiligi rm ga nisbatan bir necha yuz marta kichik (rm>> r1) bo‘lgani uchun r1  0 deb hisoblaganda r0  rm bo‘ladi.Transformator magnitlovchi konturining to‘la qarshiligi Z0 , hisobiy aktiv rm r0 va induktiv x0 qarshiliklari quyidagicha aniqlanadi:
a) birlamchi chulg‘ami "Y" sxemaga ulangan uch fazali transformator uchun:
Z0 U1( I0 ), r0  P0(3I2o ) , x0  ; (3.16)
b) birlamchi chulg‘ami " " sxemaga ulangan uch fazali transformator uchun
Z0  U1I0, r0  P0I2o, x0  . (3.17)
Transformatorning salt ishlash rejimi uchun almashtirish sxemasi (3.4-rasm)dan ko‘rinishicha, uning Z0, r0, x0 parametrlari quyidagi yig‘indilardan iborat bo‘ladi:
Z0  Z1Zm; r0  r1rm; x0  x1xm. (3.18)
T ransformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘am qarshiliklari (r1 va r2) tajriba yo‘li bilan chulg‘amlarga alohida-alohida o‘zgarmas tok berib aniqlanadi.

Transformator chulg‘amlarining r1 va x1 qarshiliklari uning salt ishlash qarshiliklari (r0 va x0) ga nisbatan bir necha yuz marta kichik. Shu sababli o‘rta va katta quvvatli transformatorlarning salt ishlashidagi almashtirish sxema parametrlarini magnitlovchi kontur parametrlariga teng deb hisoblash mumkin, ya’ni:


Z0  Zm ; r0  rm ; x0  xm.
Nazorat savollari
1. Transformatorning ishlashi nimaga asoslangan? 2. Uch fazali transformatorlar salt ishlash rejimining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 3. Salt ishlash tajribasidan qanday parametrlari aniqlanadi?
­* * *



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin