Sinxron mashinaning elektromagnit momenti. Buni aniqlash uchun elektromagnit quvvatni hisoblash formulasini magnit maydonning burchak tezligi 1 ga bo‘lish kerak, masalan, ayon qutbli sinxron mashina uchun:
(22.12)
ayon bo’lmagan qutbli sinxron mashinalar uchun esa 2-tashkil etuvchisi bo‘lmaydi.
Sinxron mashina reaktiv quvvatining burchak xarakteristikasi.Ut = const, Iqo’z= const shartlari bajarilganda olinadigan Q = f() bog‘liqlikka reaktiv quvvatning burchak xarakteristikasi deyiladi (22.3-rasm).
Ayon qutbli SG ning reaktiv quvvati quyidagi formuladan aniqlanadi:
Q = mUI sin = (mUE0cos) / xd +(mU2/2)(1/xq–1/xd) cos2 – (mU2/2)(1/xq –1/xd). (22.13)
Calt ishlashda ( = 0) reaktiv quvvat maksimal qiymatga erishadi:
Qmax= mU (E0 – U) /xd – mU2/ (2xq). (22.14)
Agar E0 >U bo‘lsa reaktiv quvvat Qmax> 0 bo‘ladi, ya’ni sinxron generator reaktiv quvvatni elektr tarmog‘iga beradi. Burchak ning oshishi bilan reaktiv quvvat kamaya bo radi va burchak ning biror qiymatida quvvat ishorasini o‘zgartiradi, ya’ni mashina elektr tarmog‘idan reaktiv quvvatni ola boshlaydi.
22.3§. Elektr tarmog‘i bilan parallel ishlayotgan sinxron generatorning statik turg‘unligi, sinxronlovchi quvvati va momenti Statik turg‘unlik tushunchasi. Sinxron mashinaning burchak xarakteristikasi statik turg‘unlikni va ortiqcha yuklama bilan ishlay olish darajasini baholash uchun muhim ahamiyatga egadir. Elektr tarmog‘i bilan parallel ishlayotgan sinxron mashinaning valiga qo‘yilgan tashqi aylantiruvchi yoki tormozlovchi momentning kam miqdorda o‘zgarishida sinxron (ya’ni n = n1) aylanish chastotasini saqlay olish qobiliyatiga uning statik turg‘unligi deyiladi. Statik turg‘unlik faqat Mmax ga mos keladigan burchaklarda ta’minlanadi.
Agar dM/ d > 0 bo‘lsa, sinxron mashina turg‘un ishlab, dM/ d >0 bo‘lganda esa noturg‘un ishlaydi; burchak qancha kichik bo‘lsa mashina shuncha katta turg‘unlik zaxiraga ega bo‘ladi.