Sinxron generatorning sinxronlovchi quvvati va momenti. Elektr tarmog‘i bilan parallel ishlayotgan SG ning normal ish rejimi buzilsa, uning sinxron ishlashini ta’minlovchi sinxronlovchi quvvat va moment bo‘lishi kerak, bu holda SG yuklanish burchagi ning ma’lum bir o‘zgarish oralig‘ida o‘zining normal ishlashini saqlaydi. Demak, generatorga berilayotgan mexanik quvvat va uning elektromagnit quvvati orasidagi muvozanat buzilganda, generatorning sinxron ish rejimini tiklovchi quvvatga sinxronlovchi quvvat deyiladi. Ayon bo’lmagan qutbli mashinaning sinxronlovchi quvvati Ps ni aniqlash uchun elektromagnit quvvat Pem dan yuklanish burchagi bo‘yicha hosila olinadi:
, (22.15)
sinxronlovchi moment esa
. (22.16)
Ayon qutbli sinxron mashina uchun sinxronlovchi quvvat
Ps (mUEo xd)cos [m (1 xq – 1xd)]cos2, (22.17)
sinxronlovchi moment esa
Ms [ mUEo (1xd)]cos [(m / )(1xq – 1xd)]cos2. (22.18)
U1UN va Iqo’zIqo’z.N bo‘lganda maksimal quvvat Pmaxning nominal quvvat PN ga nisbatiga sinxron mashinaning ortiqcha yuklama bilan ishlash qobiliyati deyiladi va ko.yu bilan belgilanadi:
ko.yu Pmax PN Mmax MN . (22.19)
Ayon bo’lmagan qutbli sinxron mashinalar uchun ortiqcha yuklama bilan ishlash qobiliyatini quyidagicha yozish mumkin ko.yu 1sinN.
Standart bo‘yicha quvvati 160 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlar uchun ko.yu1,7; quvvati 500 MW gacha bo‘lgan turbogeneratorlar uchun ko.yu1,6. Quvvati 800 MW gacha va undan katta quvvatli turbogeneratorlar uchun ko.yu=1,5 ga tengdir. Standart bo‘yicha gidrogeneratorlar uchun ko.yu 1,7 dan kichik bo‘lmasligi kerak.