79
Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga
jalb qilingan iktisodiy
faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul
va unga tenglashtirilgan
moliyaviy aktivlardir.
Bozor
sub’ekti
–
bozorning,
ayirboshlash
munosabatlarining
qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi
muassasaviy tuzilmalardir.
Talab – iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning
har bir darajasida sotib
olishga qodir bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o‘rtasidagi
teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik.
Engel qonuni – iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi
mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari nimalardan iborat?
2. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini va
farqlarini tushuntirib bering.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat?
4. Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari kimlar va ular o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalar qay tarzda kechadi?
5. Bozor tushunchasining ta’rifini bering va
uning asosiy vazifalarini
ko‘rsating.
6. Bozorni turkumlashda qanday mezonlar asos qilib olinadi? Ularni sanab
ko‘rsating.
7. Yetuklik darajasiga qarab bozorning qanday turlari ajratiladi?
8. Bozor infratuzilmasi nima? Uning tarkibiy qismlari va asosiy unsurlariga
ta’rif bering.