asosiy sub’ektlari uchta guruhga
bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo‘jaliklari –
iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z
kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan
olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida tovar va xizmatlarni etkazib beradi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir
alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.
16
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o‘zaro
ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (7-chizma).
16
Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад.
Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.;
76
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta
tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat.