71
Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi.
Aksincha,
avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va
tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi
kabi omillar talab hajmini
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi,
iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va
daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan
joriy talab hajmining
qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va
xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi.
Narx o‘zgarishi
bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi
taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi.
Alohida ishlab
chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga
chiqarilishini ko‘rsatadi.
Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga
chiqariladigan tovarlar
taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: