Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va
chakana savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. CHakana savdoda asosan sotib oluvchilar
fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va
boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi. Bunda asosiy xaridor
davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo‘jaliklaridir.
2. Talab va taklif tushunchasi Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi
ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va
doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab
tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy
tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta’minlangan qismi talabga aylanadi. Demak,
talab – bu pul bilan ta’minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan
ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil
variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan
miqdori ham o‘zgaradi. SHu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif
berish mumkin:
ma’lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab deyiladi. Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan
talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi.
Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu