65
1-chizma. Bozorning vazifalari.
Bozorning
yetuklik darajasiga qarab
rivojlanmagan bozor, klassik (erkin)
bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi.
Rivojlanmagan,
shakllanayotgan bozor
ko‘proq, tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni
tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi tarixan
hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham
ayrim mamlakatlarda
pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor
iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: