cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
5-BOB. ISTE’MOLCHI XATTI-HARAKATI NAZARIYASI Iste’molchi xatti-harakati – bu mahsulot va xizmatlarga bevosita ega bo‘lish,
tasarruf etish va iste’mol qilishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, o‘z ichiga mazkur
harakatlardan oldin keluvchi hamda ular natijasida kelib chiquvchi qarorlarni qabul
qilish jarayonlarini ham oladi.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakatini o‘rganish orqali uning eng yuqori
darajadagi yalpi naflilikka erishish maqsadida o‘z pul daromadlarini sarflashi,
o‘zini ratsional tutishi, budjet cheklanishi muammosiga duch kelishi va uni
samarali hal etish uchun iste’mol savatchasini shakllantirishi kabi holatlarni
kuzatish mumkin. Pirovardida iste’molchi xatti-harakati nazariyasi orqali bozor
talabini yanada yaxshiroq tushunish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
1. Iste’molchi tanlovidagi befarqlik va uning egri chizig‘i Iste’molchining hatti-harakatini uch bosqichda ko‘rib chiqamiz: 1) uning
afzal ko‘rishini o‘rganish; 2) budjet cheklovlari; 3) iste’mol tanlovi.
Iste’molchi o‘zining o‘z didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini
ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa
biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’molchilar hulq-atvori nazariyasini o‘rganishda 3ta
faraz ilgari suriladi:
1.
Afzal ko‘rishning shakllanib bo‘lganligi. Bu iste’molchilarning tovar va
xizmatlarning barcha to‘plamlarini turkumlash va bir-biriga taqqoslashlari
mumkinligini anglatadi. Biroq, bu afzal ko‘rishlar qiymatni e’tiborga olmaydi.
Iste’molchi biror bir tovarni afzalroq ko‘rishiga qaramay, narxi nisbatan arzon
bo‘lganini oladi.
2.
Afzal ko‘rish tranzitivdir, ya’ni tovarlarning A to‘plami V to‘plamdan, V
to‘plami S to‘plamdan afzalroq bo‘lsa, u holda A to‘plamning S to‘plamdan
afzalligi
shubhasizdir.
Bu
faraz
afzalliklarning
ratsionalligini
(o‘zaro
muvofiqligini) kafolatlaydi.
3.
Barcha tovarlar bir xilda yaxshi bo‘lib, ularning qiymati e’tiborga
olinmasa, iste’molchilar doimo har qanday tovarning ko‘proq miqdorini kamroq