AS 1 3 P 2 AD 2 P 1 1 0 Q 2 Q 1 Real YAMM 3-chizma. Taklif inflyasiyasi. Chizmadan ko‘rinadiki, xarajatlarning o‘sishi natijasida yalpi taklif egri
chizig‘ining AS
1
dan AS
2
ga qisqarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi xarajat
miqdorini oshirib, narxlarning R
1
dan R
2
darajaga qadar ko‘tarilishiga, real ishlab
chiqarish hajmining esa Q
1
dan Q
2
ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Shuningdek, inflyasiyaning quyidagi sabablarini ham ko‘rsatish mumkin:
- monopolistik faoliyatlarning paydo bo‘lishi va amal qilishi;
- noto‘g‘ri soliq siyosati yuritish;
- jahon bozorlaridagi narxlarning o‘sishi;
- harbiy sohadagi xarajatlarning o‘sishi va hokazo.
Inflyasiyaning o‘rmalab boruvchi, jadal va giperinflyasiya kabi turlari ham
mavjud.
O‘rmalab boruvchi inflyasiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha,
jadal inflyasiyada 20 dan 200 foizgacha,
giperinflyasiyada 200 foizdan yuqori darajada
o‘sishi kuzatiladi.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyasiya
farqlanadi.
Kutilayotgan inflyasiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish
mumkin,
kutilmagan inflyasiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda
inflyasiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada
yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida
mamlakat iqtisodiy axvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin.