U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

friksion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini 
tashkil qiladi.


211 
Siklik ishsizlik
– iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u 
ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida 
vujudga keladi.
Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga 
duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida 
ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi 
ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi 
majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi. 
Institutsional ishsizlik
ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi 
kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning yetarli 
darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida 
paydo bo‘ladi.
Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.
Texnologik ishsizlik
ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning 
kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani 
qo‘llash hisoblanadi. 
Hududiy ishsizlik
muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, 
milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator kompleks omillar ta’siri ostida 
ishchi kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
YAshirin ishsizlik
uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band 
bo‘lmaslik xos. 
Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi 
ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z 
ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning 
ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda 
ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy 
natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. YAshirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi 
mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham 
paydo bo‘ladi.

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin