U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi. 
Bu yerda qog‘oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga 
pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish 


207 
tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar 
ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul 
qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi.
Qog‘oz pullar inflyasiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi: 
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida 
o‘z ifodasini topadi; 
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi; 
3) bardoshli chet el valutalariga nisbatan – bu chet el valutalariga nisbatan 
milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi. 
Inflyasiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. 
Narxlar 
indeksi
esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga 
nisbati orqali aniqlanadi: 
%
100


b
j
ТN
ТN
NI

bu yerda: 
NI – narxlar indeksi
TN
j
– joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi; 
TN

- bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi. 
Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining 
quyidagi turlarini hisoblash mumkin: 
- iste’mol narxlari indeksi; 
- ulgurji narxlar indeksi; 
- narxlar indeksi – YAIM deflyatori; 
- eksport va import narxlar indeksi. 
Narxlar indeksidan foydalangan holda 
inflyasiya sur’atini (IS)
quyidagi 
formula orqali aniqlash mumkin: 
%
100



b
b
j
ТN
ТN
ТN
IS



208 
Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyasiyaning bir qancha 
turlarini farqlash mumkin. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin