U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Pul-kredit sohasidagi inqiroz
– mamlakat pul-kredit tizimining tang ahvolga 
tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli qog‘ozlar 
kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka 
uchraydilar. 
Valuta inqirozi
- bu milliy valuta obro‘sining tushib ketishi, bankda valuta 
zahirasining tugab, milliy valuta kursining keskin pasayishi holati.
Birja inqirozi
– birjada qimmatli qog‘ozlar kursining tezda tushib ketishi
ularni emissiya qilishning qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik, 
tanglik holati. 
Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga 
olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi inqiroz 
ekologik inqiroz
deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Tarmoqlar inqirozi
– milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab, ishlab 
chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi 
tufayli yuz beruvchi inqiroz.
Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi 
chuqur nomutanosibliklar oqibatida kelib chiquvchi inqirozlar 
tarkibiy inqirozlar
deyiladi. 
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy 
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar 
arafasidagi xarid qilish, iste’molchilik tovarlarining faollik sur’atida, asosan 
chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, 
avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga 
duchor bo‘ladi. 
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq 
muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi 
yoki pasayishiga bog‘liq. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda 
(masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish bilan tavsiflansa, 
boshqalari uchun iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi xos. 


205 
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab qarashlar mavjud 
bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik 
darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, 
deb tasdiqlaydi. 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin