202
I-sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1814-1851 yillar - pasaytiruvchi
to‘lqin.
II-sikl: 1844-1851 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1870-1896 yillar - pasaytiruvchi
to‘lqin.
III-sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin.
Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning
asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks
ettirishi hisoblanadi.
Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat
revolusiyasi, ikkinchisini - temir yo‘l
transportining rivojlanishi, uchinchisini –
elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini
- avtomobil
sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi
siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar
rivojlanishi taqozo
qilishini ko‘rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning
hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarning o‘zaro
bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyasiya to‘lqini yoki turg‘unlikning
nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki,
iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga
turli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: