203
ko‘ra,
iqtisodiy inqiroz
deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga
aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar
massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi)
qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi,
tovarlar ishlab
chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan
almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyasiya, ya’ni
narx darajasining asossiz
ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo‘ladiki,
bunda iqtisodiy o‘sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin
beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham
keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari
ham
ishsizlik, ham inflyasiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi.
Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish
o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy
tizimning har xil nusxalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy
inqirozlarning yuzaga
chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga qadar ishlab chiqarishning
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar
ijtimoiy takror ishlab
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada,
ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruhlarga ajratish mumkin.
1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi
miqyosiga ko‘ra
inqirozlarni
umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin.
Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni
ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
204
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Dostları ilə paylaş: