muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin.
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to‘liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir
fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo‘lmay, qisqa muddat davom
etadi.
Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi.
Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga
tushish mumkin.
3.
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga
bo‘linadi.
Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko‘p ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon bo‘ladi. Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Sh unday qilib,
iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki
taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
3. Inflyasiya va uning turlari Pul
taklifi ko‘p jihatdan inflyasiya jarayonlariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
«Inflyasiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora
SHimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib,
muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi.
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin
keng tarqaldi.
Inflyasiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda