13-BOB. IQTISODIY BEQARORLIK, UNING TURLARI VA BARTARAF ETISH YO‘LLARI Ushbu bob iqtisodiy beqarorlik,uning turlari, jumladan, sikli tebranishlar,
iqtisodiy inqirozlar, inflyasiya va ishsizlik muammolari mazmunini yoritib
berishga qaratilgan. Dastlab iqtisodiy sikllarga, ya’ni iqtisodiyot uchun xususiyatli
bo‘lgan ishlab chiqarish, bandlilik va narx darajasining davriy tebranishlariga
umumiy tavsif beriladi. Keyin iqtisodiy sikl fazalari va davriy tebranishning
sabablari qarab chiqiladi. Tahlil davomida tarkibiy va agrar inqirozlarga hamda
ularning xususiyatlarini yoritib berishga alohida o‘rin ajratiladi. Bob so‘ngida
inflyasiya va ishsizlik muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llariga to‘htab
o‘tiladi.
1. Iqtisodiy sikllarning mazmuni va asosiy turlari Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy
beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o‘sish ketidan doimo tanazzul kelib
turadi.
Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo‘lishi va ularning iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi holati iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning
rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz
to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning
muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik
turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi
inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks
ettiradi.
199
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Odatda iqtisodiy siklning