215
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo‘llari qanday?
Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?
2.
Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o‘ziga xos
belgilarini ko‘rsating.
3.
Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. Siklli tebranishlar
vujudga kelishining
sabablarini ko‘rsating.
4.
Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.
5.
Iqtisodiy sikl asosiy turlariga tavsif
bering va muhim belgilarini
ko‘rsating.
6.
Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang.
7.
Inflyasiyaning mazmunini va turlarini tushuntiring.
8.
Talab va taklif inflyasiyalarining grafikdagi ko‘rinishlarini tasvirlang va
izohlang.
9.
Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering.
10.
Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?
11.
Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi
va u qanday tartibda
aniqlanadi?
12.
Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?
13.
Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.
216
14-BOB. MOLIYA TIZIMI VA DAVLATNING MOLIYAVIY SIYOSATI
Yalpi
milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash
va undan foydalanish
jarayonida
pul mustaqil harakat qilib, turli xo‘jalik yurituvchi bo‘g‘inlar, uy
xo‘jaliklari va davlatning pul mablag‘lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil
bo‘lish manbalari
va amal qilish tavsifi, maqsadlari
va foydalanish usullariga
qarab moliya va kredit shakllari tusini oladi. Bobda moliya tizimi, uning asosiy
bo‘g‘ini bo‘lgan davlat budjeti va budjet mablag‘larining
shakllanishida
soliqlarning roli bayon etiladi.
Dostları ilə paylaş: