cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
v) tabiiy-geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga
ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga
qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-
kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar. Masalan, tarixan shakllangan
milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga
xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar ham ehtiyojlarga
ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa,
ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng
tarqalishiga olib keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi,
mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq
qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash
muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadilar. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi,
o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar
bo‘lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan
iboratki, murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar
ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin
emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi.
Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, keng reklamaning ta’siri va
savdoning rag‘batlantirishi natijasida ehtiyojlar o‘zgaradi va ko‘payib boradi.
Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va
korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to‘xtovsiz yangilanib va o‘sib