29
iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin
bo‘lgan imkoniyatlar, qo‘r-qutlar va manbalar tushuniladi.
Tabiiy resurslar (er,
suv, o‘rmon, yer osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar,
stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar,
qurilmalar, sotishga tayyor
tovarlar, ularning qo‘r-qutlari, pul mablag‘lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir.
Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab
chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar
va ishlab chiqarish
vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va pul resurslari ham kiradi.
Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol
buyumlarini, transport vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va
xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko‘zga ko‘ringan davlat
arbobi, sahna yoki sport yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar
cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatishni ham cheklab qo‘yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o‘z
imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning
hamma
turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo‘lgan sohalarini
tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda
ularga jalb qiladi. Masalan, O‘zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki paytda
respublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz
kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko‘proq mablag‘ ajratishga majbur bo‘ldi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud pul va valyuta
zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini
sotib olib kelishga emas, ularni cheklab,
investitsiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga
qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag‘ sarflash kuchaytirilgan sharoitda
boshqa
sohalarga ajratiladigan mablag‘larni ob’ektiv
ravishda nisbatan
kamaytirishga to‘g‘ri keladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim
yo‘li bo‘lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yadi. Bu
imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo‘lib turmaydi, balki yangi texnikalar va
texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini,
30
uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi.
Yangi texnikalar va
texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini
oshirish, energiya, yonilg‘i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini
bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar
manbalarini topib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan,
yerning chuqur
qatlamlaridagi boyliklarni topish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va
chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va
h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi
o‘rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
Dostları ilə paylaş: