U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev



Yüklə 3,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/237
tarix25.09.2023
ölçüsü3,85 Mb.
#148172
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   237
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Moddiy 
ehtiyojlar
– bu kishilarning o‘z hayotiy faoliyatlarini ta’minlashda 
qo‘llaniluvchi moddiy ko‘rinishdagi ne’matlar va xizmatlarga bo‘lgan 
zaruratdir.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari 
ehtiyojlarini ham o‘z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini 
amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va 
ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining 
umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llari, maktablar, 
kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi. 
Ma’naviy ehtiyojlar kishilarning moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan, 
bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega 
bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z 
ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning 
tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog‘liq. Shunday buyum va 
xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim 
olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport 
o‘yinlari va ko‘ngilochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular 
jumlasidandir. 
Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar: 
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi.
Iqtisodiyoti rivojlanishdan 
orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti 
yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo‘ladi; 
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum.
Agar jamiyatdagi tuzum bozor 
iqtisodiyoti yoki kapitalistik tartiblar asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar 


27 
boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar 
ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. YUqori daromad oluvchilar juda sifatli, 
noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z 
hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi; 

Yüklə 3,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin