35
3-chizma. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining yaratilishida ishlab
chiqarish omillarining roli.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham
ikki tomoni borligini ko‘rsatadi.
3. Ishlab chiqarishning natijalari
Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda ko‘p
turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan milliy mahsulot vujudga
keladi. Shu yaratilgan
jami tovarlar va xizmatlar, ya’ni milliy mahsulotning yil
davomidagi yig‘idisi mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi
bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish uchun,
birinchidan, iste’mol
qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat holidagina emas, balki uni
moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning uchun albatta yaratilgan
mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish vositalari natural shaklda
mavjud bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta tiklanishi uchun mulk
egalari va tadbirkorlarning shaxsiy iste’moli uchun yaratilgan
mahsulot tarkibida
zarur iste’mol buyumlari mavjud bo‘lishi shart. Shuning uchun ham moddiy
mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida,
ikki yirik bo‘linmalar o‘rtasida tovar ayirboshlash imkonini beradi. Undan tashqari
juda ko‘p korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko‘rsatish bilan
Yaratilgan tovar va xizmatlar
Naflilikni yaratishda
qatnashadi
Qiymatning tashkil
topishida
qatnashadi
Yer
Kapital
Ishchi kuchi
Mеhnat
Aniq mеhnat bilan
o’tkazilgan ishlab
chiqarish vositalari
qiymati
Abstrakt mеhnat
bilan yaratilgan
yangi qiymat
36
shug‘ullanadiki, ular mehnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo‘ladi. Bu esa
milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini
ko‘rsatadi. Shunday qilib, yil davomida mamlakatda
yaratilgan milliy mahsulot
natural jihatidan uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va
turli xil xizmatlardan iborat buladi.
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni
bunday uchta ko‘rinishga bo‘lib o‘rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy
ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo‘yicha
talab va takliflar
o‘rganilib, talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini beradi.
Yaratilgan mahsulot faqatgina natural jihatdan emas, balki qiymat jihatdan
ham hisobga olinadi va uning qiymat tarkibi tahlil qilinadi.
Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo‘ladi, ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan
Dostları ilə paylaş: