31
muvofiq faoliyatidir.
Moddiy va ma’naviy ne’matlar
yaratish, turli xizmatlar
ko‘rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir.
Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir
yoki boshqacha qilib aytganda, tabiatdagi bor narsalarning ko‘rinishini o‘zining
iste’moli uchun muvofiq holga keltirish uchun qilingan mehnat
faoliyatidan
iboratdir. Ana shu mehnat jarayonida kishilar,
eng avvalo, tabiat bilan, uning
kuchlari va ashyolari bilan hamda bir-birlari bilan o‘zaro ma’lum munosabatda
bo‘ladilar. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘ladigan bu munosabatlarning shakllari va
xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni bilgan holda ishlab chiqarishni ongli tashkil
etish oliy maqsadga, ya’ni cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanilgan
holda kishilarning o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishishning
birdan-bir yo‘lidir. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishning
ichki qonuniyatlari va uning rivojlanish xususiyatlari ko‘pgina
iqtisodchi olimlar
tomonidan ko‘rsatib berilgan. Ular mehnat kishilar yashashining umumiy asosidir
deb ta’riflaydilar. Demak, mehnat iste’mol qiymatlarini yaratuvchi sifatida, foydali
mehnat sifatida kishilarning yashashi uchun hech qanday ijtimoiy shakllarga
bog‘liq bo‘lmagan holda abadiy tabiiy zaruriyatdir, mehnat bo‘lmaganda kishi
bilan tabiat o‘rtasida modda almashinuvi ham mumkin bo‘lmas edi.
Kishilar o‘zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat
moddalarining shakllarini o‘zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo‘lgan
mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasida
moddalar almashinuvi bilan birga insonning o‘zi ham har tomonlama kamol topib
boradi, ya’ni kishilar o‘zining mehnatga bo‘lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va
ularni amalda qo‘llashni kengaytirib boradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish
jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish
uchun maqsadga
muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi
iste’moli uchun o‘zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o‘rtasidagi modda
almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir.
32
Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga,
hamma
mamlakatlarga, el-yurtlarga va xalqlarga xos bo‘lib, umuminsoniy
kategoriyadir (tushunchadir).
Ma’lumki, bizda ish vaqtining anchagina qismi uy-ro‘zg‘or ishiga to‘g‘ri
kelmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, mamlakat aholisi uy-
ro‘zg‘or ishlariga yiliga sarflagan vaqt ijtimoiy ishlab chiqarishga sarflangan ish
vaqtiga qaraganda ko‘proq ekan. Buning ustiga uy-ro‘zg‘or
ishlari talaygina
quvvatni talab qiladi. Ushbu va shunga o‘xshash boshqa misollar maishiy
xizmatlar ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirish, uy-ro‘zg‘or ishlarini
mexanizatsiyalash imkonini beradigan mashina va asbob – uskunalarni ko‘plab
ishlab chiqarishni talab etadi. Ehtiyojlar turi qancha ko‘p bo‘lsa shunga binoan
ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o‘rganish
oson bo‘lishi uchun ishlab chiqarish ikki katta sohaga:
Dostları ilə paylaş: