288
Ko‘plab mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega
bo‘lib, o‘zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo‘lgan barcha tovarlarni yetarli
samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo‘lmaydi. Bunday mamlakatlar
uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo‘li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar)
sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi.
Bunda mamlakat ichida ishlab
chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlaridan yuqori
bo‘lgan mahsulotlar import qilinadi. Tashqi savdo samaradorligini hisoblashda
mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo‘lgan o‘z
ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida
ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida
olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi
Dostları ilə paylaş: